61
1. Qayt, ko‘zlarimga qo‘y oyoq, ey dilfirib, ketma yiroq,
Ey nozanin, ko‘kka bu chog‘ oh-u fig‘onim boradur.
(
Sa’diy)
2. Ey ko‘nglim olgan dilrabo, jonim fido bo‘lsin sanga,
Obi hayoti Xizr ila umre baqo bo‘lsin sanga.
(Atoyi)
3. Kezar erdim bu savdodin mushavvash ki,
Keldi ko‘ngluma bu sarzamin xush.
(Navoiy)
4. Qoshig‘a borg‘ali ko‘ngul o‘ziga kelmadi netay,
Yuziga tushgali ko‘zum ko‘ziga ilmadi netay.
(
Bobur)
5. Qoshing savdosi men devona boshig‘a tushguncha,
Sirishkim seli tug‘yoni falak toqidin oshibdur.
(
Uvaysiy)
6. Yel turar, yig‘lar falak, bu guldurak ham barq dema,
Dardi hijronimni o‘krab so‘zlar osmon har kima.
(E. Vohidov)
16.6- mashq.
She’rlarni o‘qing. Badiiy asarlarda qo‘shimchalarni qo‘llash
bilan
sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga diqqat qilib, sababini izohlang.
1. Bu durlarkim ko‘zumni andin ochting,
Mening ilgim bila olamg‘a sochting.
Tamannosin ko‘nglumdin olma,
Sochilg‘on birla tufrog‘ ichra solma.
(
Alisher Navoiy)
2. Nahot mening yuragimni zanglatguvchi – sen,
Ko‘klam oshiq gulzorimni sarg‘aytguvchi – sen.
(H.
Xudoyberdiyeva)
3.Osmon ham bo‘lib g‘anim,
Qaytib tushsa – ne g‘amim!
Bir tosh tushsa tushibdi
Tog‘day boshimga manim.
(Usmon Azim)
http://eduportal.uz
62
4. Oydan yorug‘
sokin xayolim
Sezdirmayin olibmi ketding?
Dilginamga muhabbat shavqin
Uchqunlarin solibmi ketding?
(
Z. Mirzayeva)
Dostları ilə paylaş: