56
15.2- mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan ifodalarga mos so‘zlar qo‘ying.
1. Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida barpo
etilgan „Shon-sharaf muzeyi“da birinchi o‘zbek generali – ... ning o‘n tonnalik
haykali qad rostladi. 2. Bu kun nafaqat II jahon urushi qatnashchilari, balki ... –
afg‘onchilar holidan ham xabar olindi. 3. Insoniyat tinchligi uchun jonini qurbon
qilganlar poyiga kelajak bunyodkorlari – ... gulchambarlar qo‘yishdi. 4. Davlatimiz
sarhadlarida tinim bilmay sergak turgan tinchlik himoyachilari – ... va kun-u tun ha-
lovatimizni ta’minlayotgan osoyishtalik posbonlari – ... hamisha hurmat-e’tiborga
loyiqdirlar. 5. Yurtimiz tinch ekan, musaffo osmonda tinchlik elchilari – ...
qanot qoqib uchaveradilar.
Dostları ilə paylaş: