51
14- mavzu. MAQOLNI O‘RINLI QO‘LLASH
14.1- mashq
.
Matn bilan tanishing. Maqollarni aniqlang va matn badiiyligida maqol
-
larning qanday o‘rni borligi xususida fikrlashing.
„Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin“, – deganlari shu-da…
El og‘zida „Ot bosgan joyni toy bosadi“, degan naql yuradi. Shunga ko‘ra
Tursunali ot bo‘lsa, shogirdi toy misol edi. Qo‘polroq tarzda tavsif berilsa, Tur
-
sunali tupurgan-u, u yalagan edi. Ustozi qamalganida uning ham paytavasiga qurt
tushdi. Har holda ustozi oshni o‘zi oshalagani bilan unga yalatib turardi. Yangi
direktor
Yaratganga emas, rahbarlariga shukur qiladi: hartugul o‘sha laganlarni
olishdi-yu, yalaganlarga marhamat darvozalarini ochishdi.
Ular anglashmadiki,
yaloqxo‘rlarning nafsi o‘sha laganlardan ham buzuqroq bo‘ladi. „Oshalagan
qorni to‘ygunicha yeydi, yaloqxo‘r esa ko‘zi to‘ygunicha“. Ko‘zning
hech qa
-
chon to‘ymasligi esa barchaga ayon. Xususan, kattalarning xizmatini qilib yurib,
fe’l-atvorlarini bilib olgan Toshboltaga ham ma’lum bu.
Shu sababli qizi tilga
olin ganda uning ko‘zlarini o‘yib olgisi kelgan bo‘lsa-da, o‘z aravasini o‘zi tortib
ketishga qurbi yetmasligini bilgani uchun o‘zini tiydi. „Yaloqxo‘r“ deb yangi di
-
rektordan nafratlangani bilan tirjayib, unga qulluq qilib turishga majbur edi…
– Ming qilsayam, urug‘ urug‘-da, – dedi. – Et bilan tirnoqni ayirib bo‘lmaydi...
(T. Malik)
Dostları ilə paylaş: