47
12.6- mashq.
Izohli lug‘at yordamida quyidagi so‘zlarning ma’nosini tushuntiring:
kaniz, ulamo, maqom, shariat.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
12.1- topshiriq.
Matnni o‘qing. Usta nima uchun „adashgan“i haqida fikr-mulo
-
haza yuriting.
Aka-uka otalaridan qolgan hovlida kun kechirar edilar. Bir tushunmov chi-
lik sabab oralariga sovuqchilik tushdi. Kunlar o‘tgani sayin o‘rtadagi
jarlik
kattalashib bordi. Oxir-oqibat hovlining qarama-qarshi tomonlariga uy solib
yashay boshlashdi.
Bir kuni akaning eshigi taqilladi. Ostonada katta yoshlardagi odam turardi.
– Men ustaman, – dedi u, – ish qidirib yuribman. Balki, hovlingizda men
-
bop yumush topilib qolar.
– Ha, albatta! Hovlini kesib o‘tgan ariqni ko‘ryapsizmi? O‘tgan
haftada
ukam kavlatdi, o‘zicha hovlini ikkiga ajratib, yerni chegaralab qo‘ydi. Bu yerda
yetarlicha taxta bor, – dedi aka omborxonasiga ishora qilib. – Siz hovlini butkul
ajratish uchun o‘sha ariq bo‘ylab to‘siq qurib bering.
Usta darhol ishga kirishdi. Taxtalarni olib chiqdi, o‘lchab kesdi, randaladi.
Bu orada ohorli kiyimlarini kiyib olgan aka uyidan chiqib kelib so‘radi:
– Men shaharga bozorga ketyapman. To‘siq uchun yana biror narsa kerak
emasmi?
– Rahmat, hamma narsa yetarli, – javob berdi usta.
Kechga yaqin shahardan
qaytgan akaning jahli chiqdi, chunki usta ariq
ustiga ko‘prik qurib qo‘ygandi.
– Men sizga to‘siq quring, degandim-ku! – dedi g‘azab
bilan ustaga
qarab. Usta javob berishga ulgurmasidan ko‘prikni ko‘rgan uka ular tomon
-
ga yura boshladi. Akasining
xohishi bilan qurildi, deb o‘ylab xursand bo‘ldi.
Shoshib ko‘prikdan o‘tdi va akasini quchoqladi. Ariq qazdirgani, qo‘pol muo-
malasi uchun uzr so‘radi. Ikkovlari suhbatga kirishib ketishdi. Bu orada anjom
-
larini yig‘ishtirib, ketishga hozirlanayotgan ustaga aka: „Shoshilmang, meh-
monimiz bo‘ling“, – deb taklif qildi. U esa:
– Rahmat, qololmayman. Men hali juda ko‘p ko‘priklar qurishim kerak, –
dedi tabassum bilan va yo‘lida davom etdi.
Dostları ilə paylaş: