Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

14.3- mashq.
 
Matnlardagi tegishli gaplarni berilgan maqollarning mosi bilan 
almashtiring. Fikr mazmunida yuzaga kelgan farqni izohlang.
1. – Yolg‘izligim, yakkaligim kimga xalal beryapti, ena?
– 
Ko‘pchilikdan ayrilib, nima karomat toparding
, bolam, bunday shum
-
shayib o‘tiraverganing bilan ish o‘z-o‘zidan yurishib qolmaydi-ku. Oshna-
og‘aynilaring, yor-do‘stlaring bilan kengash, birgalikda harakat qil.
Yolg‘iz tuya baqiroq bo‘lar, yolg‘iz bola yig‘loq bo‘lar.
Yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas.
Yolg‘iz daraxt o‘rmon bo‘lmas.
2. Bir o‘rmonda bolta paydo bo‘lib, daraxtlarga qirg‘in keltiribdi. Og‘ochlar 
unga qarshi chora topolmay, qari Emandan maslahat so‘rashibdi. „Bolta deganla-
http://eduportal.uz


53
ring nima o‘zi? U nimadan ishlangan?“ – deb so‘rabdi Eman. „Bolta – temirdan 
yasalgan bir matoh“, – deb javob beribdilar. „O‘zi-ku, temir ekan, dastasi-chi? 
Dastasi ham temirdanmi?“ – deb so‘rabdi Eman. „Yo‘q, – debdilar, – dastasi – 
og‘ochdan, o‘zimizdan“. 
„Dastasi o‘zimizdan bo‘lsa, unga chora yo‘q“,
– de
-
gan ekan Eman.
O‘zingdan chiqqan baloga qayga borasan da’voga.
Manglayingga uradigan toshing ham o‘zingdan bo‘lsin.
O‘zingdan o‘tganni o‘zaging bilar.
3. Jolinus hakim bir kimsa donishmand bir zotning yoqasidan tutib, uni 
haqorat qilayotganini ko‘rdi va shunday dedi:
– 
Agar bu odam chindan ham dono bo‘lganida, uning bir nodon bilan 
ishi shu darajaga bormas edi
.
Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.
Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
Nodon so‘zlar – dono ibrat olar.
14.4- mashq.
Maqollar juftligini o‘qing. Ularning bir-birini inkor etishi yuzasidan 
„Fikrlar jangi“ni tashkil qiling va o‘z mulohazangizni bayon eting.
1. Gap bilan kerilma, ish bilan keril. 
Ish bilganga bir tanga, gap bilganga 
ming tanga.
2. Tekin bo‘lsa, mix yut. 
Tekin tomoq tish sindirar. 
3. Yomon ko‘rgan kishingga yomon narsangni ber. 
Yomonlikka yaxshi
-
lik mard kishining ishidir. 
4. Har kim boshiga yog‘gan qorni o‘zi kuraydi. 
Ko‘pdan quyon qochib 
qutulmas.
 14.5-mashq.
Rasmlar asosida yil fasllari bilan bog‘liq maqollar topib yozing.
http://eduportal.uz


54
14.6- mashq.
„Mening taqdimotim“ tanlovini uyushtiring. Berilgan maqollarning 
qanday vaziyatlarda qo‘llanishi borasida o‘zaro fikr almashing.
1. Uzoq bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi, yomon bo‘lsa ham, el yaxshi.
2. Hayronman Shoniyozning ishiga, etik sotib, paytava olib yurishiga.
3. Sulaymon o‘ldi – devlar qutuldi.
4. Tuyaning tashigani – tilla, yegani – yantoq.
5. Dum tilab, quloqdan ajrabdi.
6. Tosh qattiqmi, bosh qattiqmi?

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin