Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

 
18- mavzu. NUTQDA SHAKL VA MAZMUN MOSLIGI 
18.1- mashq.
Matnni o‘qing. Gaplarni mazmuniga mos holda qavs ichida berilgan 
so‘zlardan mosi bilan to‘ldiring.
O‘ZINGGA UCHTA HAQIQIY DO‘ST TOP
Mustahkam do‘stlik … (munosabatlari, bordi-keldilari, muomalalari) – hayotda 
baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri. Yaqinda o‘tkazilgan il
-
miy tadqiqotlarda aniqlanishicha, do‘sti va qarindosh-urug‘i mo‘l odam ko‘proq …
(kularkan, tirjayarkan, og‘zining tanobi qocharkan), kamroq … (xavotirga tu-
sharkan, qo‘rqarkan, o‘ylarkan) va natijada uzoq umr ko‘rarkan.
Bolaligimda otam: „Uchta yaqin do‘sti bor odam – haqiqiy badavlat odam“, – 
deya tez-tez takrorlab turardi. Men bu … (yo‘llanma, maslahat, naqshinkor fikr)-
ni hech qachon yodimdan chiqarmayman, sizga ham unga jiddiy munosabatda 
bo‘lishni … (nasihat qilaman, aytaman, tavsiya qilaman). Ba’zan mustahkam 
do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay muhit-sharoitni tark etishga, o‘zingiz 
unchalik yaqindan bilmagan kishilar bilan … (mashaqqatlar chekish, azoblanish, 
qiy nalish, ezilish)ga va samimiy munosabat o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Agar 
do‘stlik … (urug‘i, danagi, tuxumi)ni eksangiz, albatta, ajoyib do‘stlar timsolida 
… (mo‘l-ko‘l, bisyor, serob, talay) hosil yig‘ib olasiz.
Davralarda o‘zingiz tanishishni istagan odamning yoniga boring, o‘zingizni 
tanishtiring. Har qanday inson zotida mehrga, samimiyatga ehtiyoj bor, shu sa-
babli ko‘pchilik sizning tashabbusingizdan … (mamnun bo‘ladi, boshi osmonga 
yetadi, terisiga sig‘may ketadi). Agar tanishishni istamagan taqdirda ham nima 
http://eduportal.uz


67
bo‘libdi? Menga ro‘yxushlik bermadi, deb ... (hisoblamang, siqilmang, sana
-
mang). Bu odam nimani yo‘qotganini o‘ylab ko‘ring-da, mulozamat bilan keyingi 
suhbatdoshga o‘ting.
(Robin Sharma)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin