Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qo‘shimchalarni ba’zan takror qo‘llashning o‘ziga xosligi nimada? Siz-
ningcha, bu to‘g‘rimi yo noto‘g‘rimi?
2. Qo‘shimchalarning tejalishi, asosan, qaysi nutqiy uslubda ko‘proq 
uchraydi?
3. Quyidagi jumlada qaysi qo‘shimcha bir marta ishlatilsa, uslubiy jihat
-
dan to‘g‘ri bo‘ladi? O
‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 1-bosqich tala-
basi Muhayyo Usmonovaning amaliyot ishlari uchun tutgan daftari. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
16.1- topshiriq.
Berilgan matnni tahrir qiling.
HARBIY POLIGONGA SAYOHAT
„Harbiy poligonda bir kun“ shiori ostida Surxondaryo viloyatining Termiz 
shahri umumta’lim maktablarining bir guruh o‘quvchilari hududda joylashgan 
dala-o‘quv maydoniga tashriflarini buyurishdi. Mudofaa vazirligiga qarashlik 
qismda xizmat burchini o‘tayotgan oddiy askarchilarning poligondagi bir kun
-
lik faoliyati, o‘tkazilayotgan jangovarlik ruhiyatidagi ma’naviy, axloqan-ruhan 
tayyorgarchilik mashg‘ulotlarini kuzatish, mashqlarga bevosita ishtirok etish 
uchun kelgan yoshlar dala-o‘quv maydonida iliq kutib olindi. 
Yoshlardagi ilk harbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularga harbiylik so
-
hasiga qiziqish uyg‘otish, Vatanning sarhadlarini himoya qilishning naqadar 
sharafli va mas’uliyatli vazifa ekanligini o‘g‘il-qizlar qalbiga singdirishdek 
ezgu maqsadlar ko‘zlangan sayohat sermazmunli o‘tdi. Harbiy poligondagi 
birgina kun o‘quvchilarga olam-olam taassurotni baxsh etdi.
(„Tong yulduzi“ 
gazetasidan)
16.2- topshiriq.
Matn tahririda aniqlangan nojo‘ya so‘z va ortiqcha qo‘shimcha-
larni izohlashga tayyorlaning.
http://eduportal.uz


63
17- mavzu. QO‘SHIMCHALAR TANLOVI
17.1- mashq.
Matnni o‘qing. Xalqimizga xos milliy an’ana haqida o‘z fikringizni 
bayon qiling. Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalarni qo‘yib ko‘ring. 
MEHMONDORCHILIK
Erta turib olganimni ko‘rgan onam hayron. Bugun biznikiga mehmon ke-
lishini kechayoq opam telefonda ammamga aytayotgani…(-da, -dan) bilib olgan
-
man. Onam qo‘limga savat tutqazdi. Zing‘illab tomorqamiz ortidagi sayhonlik
-
ka o‘tdim. Bu yer…(-ga, -da) olmazor barpo qilganmiz. Biroz bog‘…(-ni, -da) 
aylandim. Uch yil oldin ekkan olma shoxlari mevasi ko‘pligi…(-ga, -dan) yerga 
tegay-tegay deydi. Qip-qizil pishganlari…(-ni, -dan) saralab, savatni to‘ldirdim-
da uyga qaytdim.
… Ana dasturxon-u mana dasturxon! Davra ham qizigandan qizidi. Otam 
ora-sira mulozamat qilib turibdi:
– Qani, osh…(-dan, -ni) olinglar, yozilishib-yozilishib o‘tiringlar. Bugun shu 
yerda qolasizlar, hech qayoqqa ketish yo‘q.
Kelganlar…(-dan, -ning) biri gapga ustaroq ekan:
– Gapingiz…(-ga, -ni) tushundik, aka, mehmonning kelishi o‘z ixtiyorida, 
ketishi esa mezbonning ixtiyorida, demoqchisiz-da.
– Ha, yashang! – xursand bo‘ladi otam. – Mana uy, anavi yerda bog‘ bor. 
Shu yerda turaver…(-asiz, -ing)lar.
– Nasib qilsa, ikki oy ichida maktabning yangi binosini qurib bitiramiz. 
Biz dan qishloq bolalariga esdalik bo‘lib qol…(-sin, -adi).
Eshitgan yangiliklarim…(-ni, -dan) jo‘ralarimga aytmasam bo‘lmaydi. 
Ko‘chaga otildim. Sentabr...(-dan, -da) yangi maktabda o‘qish boshlanadi! 
 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin