Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qaysi qo‘shimchalar variantlariga ega, qo‘shimchalarning variantini 
o‘rinli tanlash nutqiy uslubga qay darajada bog‘liq?
2. Gap juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi qo‘shimchalar yuzasidan 
fikringizni bildiring: 
Labing qirg‘og‘idan oqqan zaharni Ko‘z yummayin 
ich-
gum
, beshubha. (Shekspir) –
Ichgim
 keldi zilol suvingdan.
(M. Yusuf)
3. 
Ilon
so‘zini qaratqich kelishigi shaklida qo‘llasangiz, gap mazmunida 
qanday o‘zgarish yuz beradi? 
Valijon – ilon yog‘ini yalagan yigit.
 Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
17.1- topshiriq.
Matnni tahrir qiling hamda „nojo‘ya“ qo‘shimchalardan xalos qilib 
ko‘chiring. 
Nuriddin Yanisning bu gaplarini fahm etmadi, tushunmaganini yashirmay 
so‘radi:
5 – Ona tili, 11-sinf
http://eduportal.uz


66
– Odamlarni bo‘riga o‘xshasa deysizmi?
– Ha, bo‘riga o‘xshasa... Bo‘rilar odamlarning kabi bir-birlarini g‘ajimaydilar. 
Ular ahil-totuvda yashaydilar. Ular ozodliklarini hech nimaga alishmaydilar. 
Bundayin ahillik, bunday mag‘rurlik boshqacha hech bir jonzotda yo‘q. Sen sirk
-
dagi bo‘rini o‘ynatganlarini hech ko‘rganmisan? Ha, ko‘rmagansan. Fildan tortib 
to ilongacha qadar bir luqma ovqat uchun insonlarga masxara bo‘ladi. Faqatgina 
bo‘ri bo‘yinsunmaydi. Sen turkiylardansan. Ajdodlaringning e’tiqod qilgan ramz 
nima bo‘lganini bilasanmi? Qurt, ya’ni bo‘ri. Turkiylarning bayrog‘idan bo‘ri 
tasviri bo‘lgan, deb eshitganman. Turkiylar qadimlikda shunday erksevar bo‘lgan 
ekanlar. E, u zamonlar o‘tib ketdi. – Yanis shunday deb xo‘rsindi… 
(T. Malik)
17.2- topshiriq.
 
Matn bo‘yicha o‘z xulosangizni bir jumlada bayon qiling.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin