I. Hikoya matni va uning tahlili II. Tasviriy matn va uning tahlili San’atkor izvosh
-
chini hayron qoldirib,
o‘zidan o‘zi g‘uldirab bo
-
rar edi. Uyda xizmatchi
ovqat qilib qo‘ygan ekan,
ammo san’atkorning
tomog‘idan hech narsa
o‘tmadi – ikki piyola
choy ichdi, xolos. Unga
turib-turib nash’a qilar edi: „Ashulani
mexaylistik aytar emishman! Tovushim
yomon bo‘lsa, nega plastinkaga oldi?
… Bu kishining ham tanqid qilg‘ulari
kelipti… Amali – traktorist… Obbo!“
(A. Qahhor) Sarlavha: „San’atkor“ yoki „Tanqiddan
so‘ng“.
Asosiy fikr: mahoratsiz san’atkorning tan
-
qidga chiday olmaganligini ko‘rsatish.
Matn turi: hikoya matni.
Ijodkor mahorati: san’atkorning xulqi va
nutqidagi o‘ziga xoslikni tasvirlash.
Matnning tili: qilg‘ulari kepti, mexaylistik, traktorist… Xulosa: „Ko‘rpangga qarab oyoq uzat“.
Yomg‘ir ostida daraxt
shoxiga chiqib olib, os
-
monga qarab qichqirgisi
keladi kishining.
Qiziq, qushlar yom-
g‘irda qochib ketishmaydi. Qarg‘a, zog‘cha,
qaldirg‘och bemalol uchadi. Chumchuq bi
-
lan musicha berkinib oladi.
Yomg‘ir yog‘ganda ham yoqimli, ham
haybatli ohang yaraladi. Har narsa ayri un
chiqara boshlaydi. Tol yoniga borsangiz,
daryo shovullashini eshitasiz, sababi uning
barglari uchli, uzunchoq, xuddi qayiqchaga
o‘xshaydi. Yomg‘ir suvi ulardan oqib pastga
quyiladi.
(Isajon Sulton) Sarlavha: „Yomg‘ir mo‘jizasi“, „Yomg‘ir
va tabiat“.
Asosiy fikr: tabiat hodisasini tasvirlash.
Matn turi: tasviriy matn.