77
Daydi izg‘irinni boshlab kelgan
qavs
.
Adirda
aftoda
yashar bir daraxt…
(F. Hayit)
II.
Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:
– Singan ko‘ngil yana seva oladimi?
Mavlono javob berdi:
–Ha, seva oladi.
–Unda ayting-chi, singan piyolada suv ichasizmi?
Mavlono esa
nimtabassum
bilan:
–Siz
piyola sindi deya,
suv ichishni
tark qildingizmi
? – dedi.
(„Ibratli
hiko yatlar“dan)
20.5- mashq.
Matnni o‘qing, turini aniqlang va unga sarlavha toping.
Taqdir degan bir odamning fahm-farosatda tengi yo‘q, oqila va go‘zal qizi bor
ekan. Taqdir qiziga qarab: „Aql, Davlat va Umid degan uch odamdan sovchi kelyap
-
ti, qaysi biriga rozi bo‘lasan?“ – deb so‘rabdi. Shunda qiz: „Dada, aql – insondagi
eng ulug‘ fazilat, aqlga suyanib turib do‘stni dushmandan, hushyorni devonadan
farqlash mumkin. Lekin aqlning bir aybi bor: kishini chalg‘itib, xatarli yo‘llarga
solib qo‘yishi mumkin. Davlat esa ham ishbilarmon, ham hukmdordir. Lekin davlat
hech qachon, hech kimga vafo qilmaydi. Men umidni ixtiyor qilaman. Chunki umid
hech qachon insonga xiyonat qilmaydi, undan ajralmaydi. Butun jahon undan man
-
faatdor“, – degan ekan. Biz ham o‘sha Taqdirning dono qiziga o‘xshab Umidni
tanlasak, adashmaymiz.
(T. Malik)
20.6- mashq.
Uch guruhga bo‘lining. Har bir guruh quyida berilgan so‘zlardan foy
-
dalanib, matn yaratsin.
1- guruh: hikoya matni.
2- guruh: tasviriy matn.
3- guruh: muhokama matni.
Dostları ilə paylaş: