73
C. Ikki nuqta, vergul, qo‘shtirnoq, tire, nuqta.
D. Ikki nuqta, qo‘shtirnoq, vergul, qo‘shtirnoq, vergul, tire, nuqta.
2. Qo‘shtirnoq noto‘g‘ri qo‘llangan javobni toping.
A. „Baxt kulgi bor uyga kirar“, – deb yozadi Erkin Vohidov.
B. „Baxt“ o‘zi nimadir, anglay olmadim.
C. Yangasining „shirin“ tili sababli Kozimjon baxtini izlab shaharga ketdi.
D. Deyl Karnegining „Baxtli bo‘lish sirlari“ kitobini o‘qiganmisiz?
19.6- mashq.
Gap juftliklaridagi tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq mazmuniy
o‘zgarishlarni aniqlang.
1. Baxtli-taxtli bo‘lgin, onang kabi baxtsiz bo‘lma. – Baxtli-taxtli bo‘lgin
onang kabi, baxtsiz bo‘lma. 2. Hoy ahmoq, o‘g‘lim o‘z baxtidan yuz o‘giribdimi
hali? – Hoy, ahmoq o‘g‘lim o‘z baxtidan yuz o‘giribdimi hali? 3. Yigit boshingdan
baxt-u davlat yiroq ketmas. – Yigit, boshingdan baxt-u davlat yiroq ketmas. 4. Erta
tong. Yuzingda baxt shu’lasi o‘ynar. – Erta tong yuzingda baxt shu’lasi o‘ynar.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qaysi tinish bеlgilari qo‘shaloq holda ishlatiladi?
2. Nashriyot ishlarida qisqartirilgan so‘zlar qanday
tinish belgilari bilan
qo‘llanadi?
3. Inson ruhiyati bilan bog‘liq o‘rinlarda qanday tinish belgilari ishlatasiz?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Dostları ilə paylaş: