Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
18.1- topshiriq.
Matn bilan tanishing. Parchaning janrini qanday nomlagan 
bo‘lardingiz? Muallif qaysi insoniy tuyg‘u haqida fikr yuritgan?
Daraxt o‘z tomiridan o‘sib chiqqan Niholga aytgan ekan:
– Bahor chog‘i gulga burkanganimda boshim ustida bolarilar g‘ujg‘on 
o‘ynab, alyor aytdi. 
„Sizlar kimsiz?“
– demadim.
Yoz pallasi yaproqlarim zumraddek tovlanganda qushlar shoxlarimda pa-
noh topib, oshyon qurdi. 
„Sizlar kimsiz?“
– demadim.
Saraton oftobi olamni yondirganda yo‘lovchilar soyamdan bahramand 
bo‘lib, jon saqladi. 
„Sizlar kimsiz?“
– demadim.
Kuz kelib, mevalarim g‘arq pishganda odamlar uzib, to‘yguncha tanovul 
qildilar. „
Sizlar kimsizlar?“
– demadim…
Nogahon bir nomard tanamga bolta urgan edi, hammasi har yoqqa qochdi-
ketdi! Ulardan najot so‘rasam, 
„Sen kimsan?“
– deyishdi… 
Yonimda tanho sen qolding! 
(O. Hoshimov)
18.2- topshiriq.
Matndagi har bir xatboshi mazmunini bir gap bilan 
ifodalang va hosil qilingan gaplardangina iborat yaxlit matn tuzing.
19- mavzu. TINISH BELGILARINI TO‘G‘RI QO‘LLASH
19.1- mashq
. Matnni o‘qing. Ishlatilgan tinish belgilarining qo‘yilish sabablariga 
diqqat qiling.
http://eduportal.uz


70
O‘RDAK EMAS, BURGUT BO‘LING
Hindlarda bir rivoyat bor: Tangri avval dengiz chig‘anog‘ini, keyin bur
-
gutni yaratadi va insonga chig‘anoqning zerikarli yoki burgutning qiziqarli ha-
yotini tanlashga izn beradi. „Bu yerda tanlash uchun o‘ylanib o‘tirishga hojat 
yo‘q-ku!“ deyishingiz aniq. Albatta, hamma ham burgutning hayotini tanlaydi.
Ammo hech kim kutmagan hodisa yuz beradi: ko‘pchilik chig‘anoqning ham, 
burgutning ham hayotini tanlamaydi. Ular o‘zlarining talablariga javob beradigan 
boshqa namuna qidirishga tushishadi va topishadi ham. Buni qarangki, u o‘rdak 
edi.
Bir qarashda o‘rdak va burgutda ko‘p o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Aslida, 
ularning o‘rtalarida katta farq bor. To‘g‘ri, ikkisi ham qush va ucha oladi. Bur
-
gut uzoq vaqt osmon-u falakda kezishi mumkin, o‘rdak esa suvda bo‘lishni afzal 
ko‘radi. 
O‘rdak – ajoyib qush: butun kun mobaynida g‘ag‘illaydi. Uni boqishayotgan
-
da, boshqa o‘rdaklar uning yemishini olmoqchi bo‘lganda, nimadir yoqmaganda, 
hatto biror narsaning uddasidan chiqa olmasa ham, g‘ag‘illayveradi. O‘rdaklarning 
g‘ag‘illashi – ko‘ndirish, cheki yo‘q kechirim so‘rash, befoyda valaqlash.
Burgutlar- chi? Ular nolimaydi, ular harakat qilishadi. 
Burgutlar va o‘rdaklar o‘rtasidagi farqlarga diqqat qiling-a:
– „Men buni qila olmayman“, – deyishadi o‘rdaklar. „Bu qanday bajariladi?“ – 
so‘rashadi burgutlar;
– o‘rdaklar tez tushkunlikka tushadi, burgutlarda esa hayotsevarlik kuchli;
– o‘rdaklar faqat eng keragini qilishadi, ba’zan uni ham qilishmaydi. Burgut
-
lar esa keragidan ortig‘ini bajarishadi;
– o‘rdaklar sharoitdan norozi bo‘lishadi, nolib g‘ag‘illayveradi. Burgutlar esa 
sharoitni o‘zgartira olishadi;
– o‘rdaklar har qanday imkoniyatdan muammo topadi, burgutlar esa har qan
-
day muammodan imkoniyat izlaydi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin