Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

18.5- mashq.
 
Gaplarni musobaqa tarzida davom ettiring.
1. Chinakam do‘st aytgan har bir o‘git sirti zahar bo‘lsa-da, …
2. Dushmaningga ham shunday samimiy munosabatda bo‘lginki, …
3. Kimki farovon kuningda do‘stlikni da’vo qilsa, …
4. Boringni bir yo‘la sochma do‘stga ham, …
5. Xiyonatkor do‘st – qo‘yningdagi ilon, …
6. Do‘stlar bilan suhbatlashayotganda ham hushyor bo‘l, …
18.6- mashq.
Gaplarni ixchamlashtiring.
1. Haqiqiy do‘st seni tubsizlikdan chiqarib oladigan inson emas, balki tubsiz
-
likka tushib ketishingga yo‘l qo‘ymaydigan insondir.
 (Konfutsiy)
2. G‘addor do‘st 
dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. 
(Nosir Xisrav) 
3. Inson farzandi 
ota-onasiz o‘zini qanchalar g‘arib sezsa, do‘stlarsiz ham dili kemtik bo‘ladi. Ota-
onadan keyin qarindosh-urug‘lar qatoridagi mehribon odam bu do‘stdir. (
Hadis
)
4. Dushmanlarim tosh otdi – parvo qilmadim, do‘stlarim otgan guldan boshim yo
-
rildi.
 („Donolar bisoti“dan)
5. Mening ko‘zlarim uchun do‘stlarim manzarasidan-
da mahbubroq narsa yo‘q. Quloqlarim uchun do‘stlarim safardan qaytgani haqi-
dagi xushxabardan-da yaxshiroq rohat beradigan musiqa yo‘q. 
(Imom G‘azzoliy)
6. Agar dushman aro bo‘lsa nizo, jang,
Borib do‘stlar bilan xotirjam o‘ltir.
Magar ko‘rdingki, yovlarning tili bir,
Kamon tort, qal’aga g‘isht-u tosh keltir.
(Sa’diy)
http://eduportal.uz


69
 Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Matn mazmunini qisqa ifodalashda gaplarni ixchamlashtirishning qanday 
yo‘llari bor? 
2. 
Har qanday inson zotida qahrga, samimiyatga ehtiyoj bor
gapidagi or
-
tiqcha so‘zni olib tashlansa, fikr mazmuni qanday o‘zgaradi?
3. Berilgan nasriy bayondagi fikrni she’riy jumlaga aylantirishga harakat qi-
ling. 
Do‘stlik shunday bir daraxtki, urug‘i vafo, shoxlari umid, yaproqlari sao-
datdir. Do‘stlik bir shahardirki, kaliti ishonch, aholisi vafodorlardir. Do‘stlikni 
o‘z hayo tingizdan haydab solish – zaminni quyoshsiz qoldirish bilan barobar.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin