Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Matn yuzasidan quyidagi savollarga javob bering



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Matn yuzasidan quyidagi savollarga javob bering:
1. O‘rdaklarning hayot tarzi, fe’l-atvori siz uchun tanish manzarami yoki 
yangilik?
2. Hayotda burgut bo‘lib yashash uchun insondan nimalar talab qilinadi?
3. Atrofingizda „burgut“lar ko‘pmi yoki „o‘rdak“lar?
http://eduportal.uz


71
19.2- mashq. 
Tinish belgilarini qo‘yib parchani ko‘chiring. Masallardan xulo-
sa chiqa rib, uni qisqa sarlavha shaklida yozing.
1. Yo‘l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib turar edi// Bir otliq odam yonidan 
o‘tib ketayotib qamchisi bilan uni bir urdi va yo‘lida davom etdi// Gadoy uning 
orqasidan qarab//
– Baxtli bo‘l// // dedi// Buni ko‘rib turgan bir yo‘lovchi//
– U seni ursa-yu// sen unga baxt tilasang// bu qanaqasi// // deb so‘radi//
Shunda tilanchi//
– Agar u baxtli bo‘lmasa// meni urmas edi// // deb javob berdi//
2. Katta Mushuk dumi bilan o‘ynayotgan mitti Mushukchadan so‘radi//
– Nega dumingni quvlayapsan//
Mushuk javob berdi//
– Bir Mushuk uchun eng asosiy narsa baxt ekanligini// baxt esa dumimda
-
ligini bildim// Dumimni tutganimda// albatta// baxtga erishaman//
Shunda katta Mushuk//
– Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim// keyinchalik shuni ang-
lab yetdimki// uni quvlasam// mendan uzoqlashadi// aksincha// qachon o‘z ishim 
bilan xotirjam ovora bo‘lib yursam// doimo izimdan ergashadi// // dedi mitti Mu-
shukchaga// 
19.3- mashq.
 
Tinish belgilar qo‘llanishidagi xatoliklarni aniqlang. L.N.Tolstoy 
mulohazalari asosida o‘zingizning baxt to‘g‘risidagi tasavvuringizni bir jumla-
da bayon qiling.
1. Odamning eng baxtli chog‘i: boshqalarga yaxshilik qilgan onlari. 2. Og‘ir 
baxtsiz liklar uzoq cho‘zilmaydi – maydalari esa e’tibor berishga arzimaydi. 3. Ha-
yotda faqat birgina chinakam baxt bor; u ham bo‘lsa, – boshqalar uchun yashamoq-
likdir. 4. Haqiqiy baxt daryoga o‘xshaydi; qanchalik chuqur bo‘lsa – shunchalik 
shovqinsiz oqadi. 5. Agar baxtli yashashni istasangiz; baxtni maqsadga bog‘lang – 
odamlar yoki narsalarga emas. 6. Baxtli oilalar bir-biriga juda o‘xshaydi, ammo, 
baxtsiz oilalarning har biri o‘zicha baxtsiz.
Nazariy matn
Tinish belgilari yozma nutqda gap mazmunidan kelib chiqqan holda 
qо‘llanadi. Ularni qо‘llash gap mazmuni va qurilishiga ta’sir qiladi. 
Tinish belgilari gap mazmuni aniqligining shartidir. 
http://eduportal.uz


72
19.4-mashq.
Tasviriy matndagi tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yib, ifodali o‘qing. In
-
sonning umr fasllari haqida mulohaza yuriting.
Tong
Quyoshli ufq
Maysazor
Maysazorda kunning go‘dakligi
Emaklaydi qiyqirib
Yuragida umid g‘unchasi
Yuzlarida quvonch chechagi
Ko‘zlarida omad shu’lasi
Tush
Maysazor
Maysazorda o‘spirin kun
Halloslaydi sher misol
Yuragida shiddat to‘foni
Yuzlarida hayrat gulxani
Ko‘zlarida g‘ayrat chaqmog‘i
Shom
Maysazor
Maysazorda sukunat sayri
Keksaygan kun
Yonboshlaydi qirga hansirab
Yuragida xayol to‘lqini
Yuzlarida hasrat uchquni
Ko‘zlarida armon buluti
(
N. Norqul)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin