76
III. Muhokama matni va uning tahlili
20.3- mashq.
Berilgan matnning tahlilini tayyorlang. Uning asosiy g‘oyasi haqida
fikringizni bildiring.
XXI asrda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday ko‘nikmalar ustida ishlash
kerakligini bilasizmi? „Men doimo uddalash qiyin bo‘lgan ishni qilaman. Shun
-
dagina men uni qanday bajarish mumkinligini bilib olaman“, – deb yozgan edi
Pablo Pikasso.
Ishda yuksalish, baxtiyor yashash va muvaffaqiyatga erishishda quyidagi
ko‘nikma va qobiliyatlarning o‘rni yuqori:
– kreativlik, ijodkorlik, ijodiy yondashuv;
– tanqidiy fikrlash;
– murakkab muammolarni hal qilishga ko‘p yechimli yondashuv;
– odamlarni boshqarish ko‘nikmasi (menejment);
– hissiy aql-zakovat (intellekt);
– muzokara olib borish qobiliyati;
– odamlar bilan o‘zaro samimiy muloqot (kommunikativlik).
Maktab partasidanoq ushbu ko‘nikmalarni egallashga va o‘rganishga urinish
yorqin kelajagingiz garovi bo‘lishi mumkin.
(Internet ma’lumotlaridan)
20.4-mashq.
Berilgan matnlarni tahlil qiling. Ajratilgan birliklarni izohlang.
I
. Shamol yaproqlarin qo‘ymaydi mudroq,
Xivchin nuri bilan savalaydi
shams
,
Behol badaniga soladi titroq
Rivoyat qilishlaricha,
bir odam daryo yoqalab
keta yotib, kattakon yombi
topib oldi. Qo‘ynidan yon-
g‘og‘ini olib, chaqmoq chi
bo‘lib uringan edi, yombi
bir necha bo‘lakka bo‘-
linib ketdi. „Yaltiroq bo‘lgani bilan hech
nimaga yaramas ekan-ku“, – deya afsuslanib,
uni otib yubordi-da, qirg‘oqda qalashib yot
-
gan oddiy toshlardan biri bilan yong‘oqni
chaqib yedi hamda murod-maqsadiga yetib,
o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi.
(I. Sulton)
Dostları ilə paylaş: