80
B. Har bir mukofot Nobel fondidagi pul miqdoriga qarab; o‘zgarib turadi.
C. Nobel o‘z mol-mulkini o‘limidan so‘ng fizika, kimyo, meditsina (fiziologi
-
ya), adabiyot sohasida yuksak muvaffaqiyatga erishgan
olimlar va tinchlikni
mustahkamlashdagi buyuk xizmatlari uchun atoqli arboblarga
mukofot tariqasida
berishni vasiyat qilgan edi.
D. Nobel mukofoti har yili 10- dekabr sanasida – o‘z egalariga topshiriladi.
2. Qaysi gapning mazmuni fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?
A. O‘z zakosi bilan dunyoni lol qoldirgan olima ayol Mariya Kyuri 1903- yil
-
da radioaktivlik hodisasini kashf qilgani uchun fizika yo‘nalishida, 1911- yil
-
da esa poloniy va radiy elementlarini kashf qilganligi uchun kimyo yo‘nalishida No
-
bel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
B. Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10
million shved kronasi
(1,3 million AQSH dollari) ga teng.
C. Tinchlikni mustahkamlash yo‘lidagi faoliyat
uchun Nobel mukofotini Nor
-
vegiya Parlamentining Nobel qo‘mitasi beradi,
qolgan hamma mukofotlar shax
-
san topshiriladi.
D. Alfred Nobelning Beatrisa Chenchi haqida „Nemeziada“ nomli 4 aktdan
iborat she’riy pyesa yozgani ma’lum. (
M.Qosimov
)
6- topshiriq.
Matndagi qo‘shma gaplarni aniqlab, sodda gaplarga aylantiring. Tinish
belgilarining qo‘yilishi sababini izohlang.
Matematika fanisiz bugungi taraqqiyotni tasavvur qilish imkonsiz. Barcha za
-
monaviy texnologiyalar, ayniqsa, kompyuter, internet, mobil telefonlari matematik
hisob-kitoblarsiz, raqam-u amallarsiz kashf etilmas edi. Shunga qaramay, jahon
-
da ilm-fan sohasida eng nufuzli sanalgan Nobel mukofoti matematiklarga taqdim
etilmaydi.
Alfred Nobelning sevgan qizi matematik yigitni
tanlagani uchun olim alam
ustida matematiklarni mukofotdan mahrum qilgan, degan asossiz cho‘pchak keng
tarqalgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha davrning mashhur olimi Mittag Leffler qirol
Oskar
II ga murojaat qilib, matematiklar uchun oliy mukofot ta’sis
ettirgan va
Nobelda bu soha vakillari uchun alohida nominatsiyaga zarurat yo‘qligi haqida fikr
uyg‘ongan. Shuningdek, Nobel matematika fanini o‘ta nazariy va mavhum fan deb
hisoblagan hamda o‘z mukofotini amaliy yutuqlar uchungina berilishini istagan.
Zamonamizning mashhur matematik olimlaridan
Bertrand Rassel adabi
-
yot, Maks Born va Jon Nesh iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor
bo‘lganlar. (
„Matematika.uz“saytidan
)
http://eduportal.uz