AQSHda meksika-amerikaliklar yoki «chikanos» (siyosiy ata-
maga aylangan laqab, so‘ng etnonim) yirik tez o‘suvchi etnoguruhni
tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi Kaliforniya, Arizona, Kolorado,
Nyu-Meksiko va Texas shtatlarida yashaydi. Bu hududlar XIX asr-
ning o‘rtalarigacha Meksika yerlari boigan. AQS1I meksikaliklari
Meksika meksikaliklariga nisbatan mustaqil etnosdir.
Puerto-rikoliklar ~ AQSHning Urushdan keyingi yirik emigrantlar
guruhlaridir. Ispan tili ulami lotin amerikaliklar, ayniqsa, chikanos bi
lan bogiaydi.
Amerikaning osiyolik aholisi - yaponlar, xitoyliklar. Ularning
ko‘pchiligi g‘arbiy Tinch okean sohilidagi hududlarda, ayniqsa,, Ka
liforniya shtatida yashaydilar. Xitoyliklar shaharlarda milliy mavze
lar - «chaynataunlar»ni vujudga keltirgan. Ulardan eng yiriklari San-
Fransisko va Nyu-Yorkda joylashgan.
AQSHning davlat tili ingliz tilining amerika varianti, har bir et
nik guruhning hayotiga kirib, ikki tillikni, so‘ngra yetakchilikni egal-
laydi. Ikkinchi va keyingi emigrantlik avlodlari ingliz tilini to iiq
o‘zlashtirib, ular uchun hayot tarzi, ommaviy kommunikatsiya vosi-
talari - radio, kino, televideniye ushbu jarayonni tezlashtiradi.
Amerika jamiyati moddiy madaniyati bir xil va zamonaviy indus
trial urbanizatsiyalashgan mamlakat uchun xos.
Diniy vaziyatga kelsak, aholining uchdan ikkisi protestantlardir,
uchdan birini katoliklar, taxminan 3% ga yaqinini yahudiylar tashkil
etadi, yana ko‘plab dinlar hamda sektalarga e’tiqod qiladiganlar mav
jud. Afroamerikaliklar orasida baptistlar va metodistlar cherkovlari
mavqeyi yuqori. 0 ‘ziga xos konfessional jamoa - mormonlar, ulam-
ing ko‘pchiligi Yuta shtatida yashaydi. Mormonlik sof amerika dini,
AQSHda XIX asming birinchi yarmida vujudga keigan. Uning va
killari hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy jamoalami yaratganlar.
Dostları ilə paylaş: