Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

«Yangi» immigratsiya. 
XIX asrning so‘nggi choragidan Janubiy, 
Markaziy va Sharqiy Yevropadan italiyaliklar, yahudiylar, polyaklar, 
vengrlar, ukrainaliklar, keyinchalik portugallar, greklar oqimi sodir
233


boiadi. So‘ngra xitoyliklar, yaponlar, meksikaliklar, Karib dengizi 
havzasidagi orollardan, boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlaridan im- 
migrantlar keladi.
Amerika xalqining etnik hududi Qo‘shma Shtatlar davlati chega- 
ralari bilan mos keladi. AQSH bir millatli mamlakat, yaxlit etnota- 
rixiy jamiyat sifatida unga 200 yil to id i.
Amerikaliklaming 70% shaharlarda yashaydi. Eng ko‘p sonli im- 
migrantlar guruhlari ham shaharlarda yashaydi. Eng yirik megapolis- 
lar - Nyu-York, Chikago, Filadelfiya, Detroyt, Los-Anjeles. Etnik 
guruhlaming shaharlarda joylashuvi ham katta qiziqish uyg'otadi. 
Ko‘pgina shaharlarda etnik mavzelar va rayonlar mavjud. AQSHda 
meksikaliklar ayniqsa zich joylashganlar. Chikanos - Meksikadan 
chiqqanlar AQSHning janubi-g‘arbida, Meksika bilan tutash hudud­
larda ko‘p. Etnokonfessial guruhlar ham mavjud, jumladan mormon- 
lar jamoalari boshqalardan xoli yashamoqdaiar.
AQSH aholisining etnik va irqiy tarkibi. 
AQSHda insoniyat- 
ning uchta yirik irqlari vakillari yashaydi.
Katta negroid irqiga, eng aw alo, AQSH afroamerikaliklari -
XVII-XIX asrlarda Afrikaning turli hududlaridan qullikka olib kel- 
inganlaming avlodlari kiradi. Ulaming ichida yevropaliklar aral- 
ashmasi yuqori. Mulatlar zamonaviy muhitda ko‘pchilikni tashkil 
etadi. Negroid irqiga Vest-Indiyadan (yamaykaliklar, barbadosliklar) 
AQSHga ko‘chib kelganlar ham mansub. Puerto-rikoliklar yevrope- 
oid-negroid (mulat) hindular qonining aralashuvidan shakllanganlar.
Mongoloid irqi, eng avvalo, aborigen xalqlar, so‘ng Osiyodan 
emigratsiya qilingan xitoyliklar, yaponlar, filippinliklar vakillarida 
aksini topgan. AQSH meksikalik aholisining kelib chiqishi bir tomon- 
dan ispan mustamlakachilari, ikkinchi tomondan mahalliy hindular 
aralashuvidan vujudga kelgan. Ulaming ko‘pchiligi metislardir.
Aksari ko'pchilik aholi yevropeoid irqi vakillaridir. Ulardan 
nemislar eng ko‘p sonli va eski emigrantlik guruhidir. Irlandlar ish- 
chilari ko‘pligi bilan ajralib turadi. Italiyaliklar etnik birdamligi ga- 
rovi, ulaming oilasi mustahkamligi bilan xususiyatlanadi.
234


AQSHda meksika-amerikaliklar yoki «chikanos» (siyosiy ata- 
maga aylangan laqab, so‘ng etnonim) yirik tez o‘suvchi etnoguruhni 
tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi Kaliforniya, Arizona, Kolorado, 
Nyu-Meksiko va Texas shtatlarida yashaydi. Bu hududlar XIX asr- 
ning o‘rtalarigacha Meksika yerlari boigan. AQS1I meksikaliklari 
Meksika meksikaliklariga nisbatan mustaqil etnosdir.
Puerto-rikoliklar ~ AQSHning Urushdan keyingi yirik emigrantlar 
guruhlaridir. Ispan tili ulami lotin amerikaliklar, ayniqsa, chikanos bi­
lan bogiaydi.
Amerikaning osiyolik aholisi - yaponlar, xitoyliklar. Ularning 
ko‘pchiligi g‘arbiy Tinch okean sohilidagi hududlarda, ayniqsa,, Ka­
liforniya shtatida yashaydilar. Xitoyliklar shaharlarda milliy mavze­
lar - «chaynataunlar»ni vujudga keltirgan. Ulardan eng yiriklari San- 
Fransisko va Nyu-Yorkda joylashgan.
AQSHning davlat tili ingliz tilining amerika varianti, har bir et­
nik guruhning hayotiga kirib, ikki tillikni, so‘ngra yetakchilikni egal- 
laydi. Ikkinchi va keyingi emigrantlik avlodlari ingliz tilini to iiq
o‘zlashtirib, ular uchun hayot tarzi, ommaviy kommunikatsiya vosi- 
talari - radio, kino, televideniye ushbu jarayonni tezlashtiradi.
Amerika jamiyati moddiy madaniyati bir xil va zamonaviy indus­
trial urbanizatsiyalashgan mamlakat uchun xos.
Diniy vaziyatga kelsak, aholining uchdan ikkisi protestantlardir, 
uchdan birini katoliklar, taxminan 3% ga yaqinini yahudiylar tashkil 
etadi, yana ko‘plab dinlar hamda sektalarga e’tiqod qiladiganlar mav­
jud. Afroamerikaliklar orasida baptistlar va metodistlar cherkovlari 
mavqeyi yuqori. 0 ‘ziga xos konfessional jamoa - mormonlar, ulam- 
ing ko‘pchiligi Yuta shtatida yashaydi. Mormonlik sof amerika dini, 
AQSHda XIX asming birinchi yarmida vujudga keigan. Uning va­
killari hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy jamoalami yaratganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin