Nyu-Meksiko shtati qo‘shni joylashgan. Har ikkisining
aholisi janu-
biy-g‘arb hindularidir. Ushbu yagona geografik hududda yuto-astek
xalqlari (papago, pimi, zunyi) vajangari atapasklar (navaxilar, apachi-
lar) ikki madaniy jihatdan bir-birlaridan ancha farq qiladigan hindular
guruhidir. Navaxilar qabilasi bugungi AQSHda eng ko‘p sonli (200
mingdan ko‘p) elat b o iib , eng katta hindular rezervatsiyasida yashay
dilar. Navaxilaming yaqin qo‘shnilari va qarindoshlari apachilardir.
AQSHning janubiy-sharqida yana bir
hindu qabilalari guruhi -
alohida toshdan bir-biriga taqab qurilgan uylar egalari - pueblo (is-
panchadan «qishloq», «xalq»)lardir. Shimoliy Amerikada Koiumbga
qadar madaniyatlar ichida eng yuqori darajada rivojlangan xalq aynan
shudir. Agar irokezlarda qabila aholisi soni ahyon-ahyonda 4-5 ming-
ni oshib o‘tsa, pueblolarda bitta qishloqda ba’zida 4 minggacha kishi
yashagan. Markaziy qishloq ba’zida yaxlit shahar-qal’aga aylantiril-
gan, sababi xavf boiganida u atrofdagi aholining jonini asragan.
Pueblo hindulari murakkab sug‘orish tizimini yaratgan.
Ulaming
asosiy ekini makkajo‘xori boigan. Undan tashqari, qovoq,
qizil qa-
lampir, salat, loviya, tamaki ekkanlar. Dalalarga so‘qa bilan ishlov
berilgan. Ov ularga qo‘shimcha mahsulot
beradigan erkaklar isffi
boigan. Erkaklar paxtadan mato to‘qigan, qurol-aslahalar tayyorlag-
an. Ayollar dalaga ishlov berganlar. Uy qurish ham ayollar ishi hisob
langan. Pueblo hindulari ajoyib sopol ustalari boiishgan. Lekin ular
ham boshqa hindular singari kulolchilik charxini bilmaganlar. Kulol-
chilikni erkaklar ayollar bilan hamkorlikda olib borishgan.
Har bir pueblo aholisi qator umg‘ guruhlariga boiingan. Ularga qan-
daydir hay von yoki qushning nomi berilgan. Ushbu totemni urug‘ning
har bir vakili o‘zining qadimgi ajdodi deb bilgan.
Diniy tasawurlari
dehqonchilik mahorati bilan bogiiq boigan. Hayotlarining eng muhim
voqealari hayot bagishlovchi makkajo‘xori bilan bogiangan. Bosh
ilohlar Quyosh va Ona Yer hisoblangan. Pueblo hayotida marosim
raqslari muhim o‘rin tutgan, ulardan eng asosiysi ilonlar raqsi boigan.
U ilonlarga e’tiqodning teatrlashtirilgan ko‘rinishi, ilonlarga pueblo
hindularining qadimgi ajdodlariga ta’zimi edi.
Ruhoniylar ogizlarida
228
shaqildoq ilonni qistirgan holatda raqsga tushishgan, qizig‘i, raqs pay-
tida kimnidir ilon chaqqanligi ma’lum emas. Marosim so‘ngida ayol
lar ilonlaming ustiga makka doni sepganlar. Bugungi kunda Shimoliy
Amerikaning ko‘pchilik tub aholisi rezervatsiyalarda yashamoqda.
AQSHda bunday qo‘riqxonalar umumiy maydonnmg 2%
ni tashkil
etib, ularda 700 ming hindu istiqomat qiladi.
Dostları ilə paylaş: