Kaliforniya.
Turli tillarda so'zlashuvchi hindular: xokalar, penu-
ti, algonkin, shoshon, atapask, yukilar Oregon shtati va Shimoliy
Meksikada yashaydi.
221
Yevropaliklar kelguniga qadar hindularning asosiy mashg‘ulotlari
turli o'simliklami terish, ov (asosan kiyiklarga kamon va nayzalar bi
lan) qilish, baliqchilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Kaliforniya hindulari
o‘rmon yong‘oqlari, mevalari, yovvoyi suli donini terganlar. Taomni
(bo‘tqa va sho‘rvalar) suv o‘tmaydigan qilib to‘qilgan savatlarda, ichi-
ga qizitilgan toshlarni solib tayyorlashgan. Kaliforniya qabilalari noyob
sopol yasash usulini bilganlar. Belbog'chalar kiyib, yarimyertoia yoki
uchi uchqur, daraxt po‘stloqlaridan qurilgan chaylalarda yashaganlar.
Kaliforniyaning mo‘tadil iqlimi bunga imkoniyat bergan.
Kalifomiyaliklar yevropa sivilizatsiyasidan qattiq jabrlanganlar.
XVIII asrda fransuz missionerlaridan, XIX asming birinchi yarmi-
dan oltin topilgandan so‘ng minglab oltin izlovchilardan aziyat chek-
kanlar. Ular hindularning faqat madaniyatini emas, o‘zlarini ham qir-
ganlar. Bugungi kunda Kaliforniya hindulari Shimoliy Amerikadagi
116 rezervatsiyaga b o iib tashlangan.
Shimoliy Amerikaning sharqidagi o'rmon hududlari hindulari.
Buyuk коilardan janubda, Missisipidan Atlantika sohiliga qadar keng
yaproqli daraxtli, yumshoq va nam iqlimli о'rmonlar joylashgan.
Ushbu hududda xilma-xil tillarda so‘zlashadigan delaver, mo-
gikanlar (algonkin til oilasi), appalachi, seminollar (muskog gu
ruhi), irokez qabilalari, ayrim siu qabilalari yashagan. Bu qabilalar
o‘quvchilarga amerikalik yozuvchi Fenimor Kupeming romanlaridan
yaxshi tanish.
Algonkin qabilalari Shimoliy Amerikaning shimoliv-sharqiy qis
mi tarixida muhim o‘rin tutgan. Ko‘plab shaharlar, AQSH shtatlari
nomlari va boshqa geografik nomlar (Manxetten, Mayami, Chikago,
Missisipi, Missuri va h.k.lar), ayrim xalqaro tillarga kirgan hindu tili-
dan olingan so‘zlar ham algonkin tillaridan kelib c’niqqan - tomogavk
(tosh uloqtiruvchi qurol), vampurn (munchoqlar bilan bezatilgan bel
qayishi yoki axborot uzatish usuli), vigvam - turar joy, skvo (ayol),
mokasin (etik), toboggan (yog'ochdan changili chana).
Algonkin qabilalari ga irok.ezlardan janwbroqda yashagan delaver-
lar ham (o‘zlarini «leni lenape» - haqiqiy odamlar deb atashadi) kira-
222
di. Algonkin delaverlari yevropaliklar kelmasdan piktografik (rasmli)
yozuv yaratganlar.
Bu hududda Povxatan konfederatsiyasi tuzilgan. XV1-XVII asr
larda konfederatsiya hozirgi Virginiya algonkin qabilalarini birlashtir-
gan. Konfederatsiya shunchalik kuchli ediki, inglizlar o‘z tashabbus-
lari bilan Povxatanga Londondan qirollik tojini yuborganlar.
Keyinchalik Povxatanning qizi Pokaxontas bi itaniyalik dvoryan-
ga turmushga chiqib, Londonga ketadi. Lekin bir necha yildan so‘ng
sil kasaliga chalinib vafot etadi. Shundan so‘ng urush boshlanib, unda
Konfederatsiya mag‘lubiyatga uchxab, qabilalar ittifoqi parchalanadi.
Meksika ko‘rfazi sohillarida va qit’aning ichida, Missisipi dary-
osining quyi oqimida hindu qabilalarining muliim janubiy-sharqiy
guruhlari - muskog til guruhi (krik, choktav, chikas qabilalari) va-
killari joylashgan. Ular dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar va katta
qishloqlarda yashaganlar. Qishloq markazida barcha muhim kengash-
lar, diniy marosimlar o‘tkazilgan.
Bu hududda XVIII asming o‘rtalarida Krik konfederatsiyasi shakl
langan. Kriklar Missisipi ortiga surib chiqarilganiga qadar ittifoq 50
ta yirik manzilgohlami birlashtirgan. Aholi oltita tilda so‘zlashgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari tuzilganidan so‘ng barcha muskog qabi
lalari uzoq g‘arbga ko‘chirilgan.
Shimoliy Amerikaning sharqida yashovchi ajoyib qabilalardan biri
irokezlar edi. Kolumbga qadar irokezlar hozirgi AQSHning qator shtat-
larida - Pensilvaniya, Ogayo, Nyu-York, shuningdek Buyuk ko‘llar te-
varagida - Ontario va Erida - Muqaddas Lavrentiy daryosining sohilla
rida yashaganlar. Ular o‘troq dehqonlar bo‘lib, makkajo‘xori, tamaki,
dukkakli ekinlar, kangaboqar yetishtirganlar. Qo‘shimcha baliqchilik
va ovchilik bilan ham shug‘ullanganlar. Makka orasiga loviya va qovoq
ekkanlar, sababi hindular rivoyatiga ko‘ra (oneyda) bu ekinlar er-xotin
bo‘lib, ularni ajratish mumkin emas.
Zarang daraxti sharbatidan qaynatib qand olishgan. Irokezlar
bug‘u, kiyik, suvsar va h.k.lami ovlaganlar. Hayvon terilaridan ki
yimlar tikilgan. Misga ishlov berishni o‘zlashtirib, undan pichoqlar
223
yasaigan. Kulolchiiik charxini bilmasalar-da, kulolchilik san’atini
o‘zlashtirganlar. Irokezlar o‘nlab uzun uylardan iborat qishloqlarda
yashaganlar. Bu uylaming ichidagi har bir boiinm ada alohida oila
yashab, uning o‘z o‘chog‘i boigan.
Irokezlaming eng kichik ijtimoiy birliklari ovachira deb nomlanib,
uning a’zolari bir «uzun uyda» istiqomat qilib, bir ota-onadan tarqa-
lganlar. Har bir ovachira boshida yoshi keksa ayol turgan. Bir necha
ovachira irokez urag‘ini tashkil etgan. Qabilaning bir necha urag‘i
fratriyaga (yunoncha - «birodarlik») birlashgan. Bir fratriyaning
urugiari birodarlar sanalgan, qabilaning turli fratriyalari urugiari bir
qorin naridagi amakivachchalar hisoblangan.
Har bir umg‘ning o‘z nomi b o iib , uni totem hayvon yoki qushdan
olingan. Xususan, tuskarora qabilasida sakkiz urug‘ boigan: Qo‘ng‘ir
Bo‘ri, Ayiq, Katta toshbaqa, Suvsar, Sariq Bo‘ri, Kulik, Ugor, Kichik
toshbaqa. Bu sakkiz urug‘ ichki fratriyani, ular esa qabilani tashkil
etganlar. Shu xildagi ijtimoiy tashkilot tuzumi (ovachira), urug‘-frat-
riya, qabila qachonlardir Amerikaning deyarli barcha hindu qabilala-
riga xos edi. Lekin irokezlar singari konfederatsiyani faqat bir necha
qabilalar tuzganlar.
Ijtimoiy tashkilotning eng yuqori shakli ittifoq yoki irokezlar Li-
gasi beshta qabila: Onondaga, Kayyuga, Moxoki, Onayda va Seneka-
lar Konfederatsiyasi boigan. Ulami 1570-yili onondagalar yetakchisi
Gayavata birlashtirgan. «Besh qabila» ittifoqini tuzgan Gayavata
hindu qabilalariga tinch-totuv yashash y o iin i ochdi. Ittifoqqa barcha
hindu qabilalari qo‘shilishlari mumkin edi. Shimoliy Karolinada ya-
shovchi irokez tilli tuskarora qabilasi 1722-yili Liga hududiga ko‘chib
ittifoqqa kirgan. Shu paytdan Liga «olti qabila» ittifoqi nomini oladi.
Ligaga kirmagan qabilalar unga boj - yasoq toiaganlar. Ayrim qabila
lar, jumladan, jangari guronlar irokezlar zo‘ravonligiga qarshi chiqqa-
nlar. Lekin «olti xalqning» qudratli ittifoqi guronlami bo‘ysundiradi.
Gayavataning qabilalar ittifoqini tuzganidan keyingi hayoti
nomaium. Ittifoqning hayoti esa yevropaliklar tazyiqi va amerika
sivilizatsiyasining g‘olibona yurishi natijasida yakun topadi.
Dostları ilə paylaş: |