tomon harakat qilgan. U o‘zi bilan ko'plab tillarni olib, ko‘ringan
odamlar guruhiga alohida tilni in’om qilgan. Qit’aning ichki rayon-
lariga kelganida
unga bu joy yoqib qolib, ketmaslikka qaror qiladi.
Unda tillar ham ko‘p bo‘lgan, iloh ularni o 'z atrofiga sochib yubor-
gan. Bu tillarni olgan hindular ana shu sababli ko‘p tilli bo‘lishgan.
Haqiqatan ham Shimoliy Amerika hindulari tillari ko‘p sonli va
xilma-xildir. Ularning o‘zaro
yaqinligini aniqlash murakkab, tad-
qiqotchilar yuzga yaqin til oilalari mavjudligini ta’kidlashadi. Shun
ing uchun Shimoliy Amerika hindularining bir necha toTiq til klas-
sifikatsiyalari mavjud. Shimoliy Amerika til guruhlarini qisqacha qu-
yidagicha tavsiflash mumkin.
I. Eskimos - aleut til oilasi, eskimos va aleut
aholisini birlashti-
radi. Bu xalqlar Shimoliy Amerikaning shimoliy sohillarida - Kodyak
orolidan (Tinch okean) Labradorgacha (Atlantika okeani), Grenlan-
diya sohillari va Arktika arxipelagi orollarida yashaydilar.
II. Na-dene til oilasiga kiruvchi qabilalar shimoliy-g‘arbda, asosan
Kanadada yashaydilar. Atapasklar, Shimoliy
Muz okeanidan Meksi-
kagacha, Tinch okeandan Gudzon qo‘ltig‘igacha hududlarda uchray
di. Tlinkitlar va xaydalar (shimoliy-g‘arbiy hududlarda joylashgan)
ham ushbu guruhga mansublar.
III. Shimoliy Amerika oilasi. Uning ko‘p sonli guruhini algonkin-
lar tashkil qiladi. Ular Atlantika okeanidan Qoyali tog‘larga, Kana-
daning sharqi va markazi, Buyuk ko‘llar atroflari, Missisipi va Ogayo
daryolarining o‘rta oqimida yashaganlar.
Bugungi kunda ham Kanadada algonkinlar (kri, delaver, ojibve-
lar)ning ancha qismi yashaydi.
Shimoliy amerind til oilasiga, shu-
ningdek dakota, irokezlar, siular qabilalari ham kiradi. Ular Missuri,
Missisipidan Qoyali tog‘largacha hududlarda yashaganlar.
IV. Markaziy amerind til oilasi. Unga
Kaliforniya qabilalari -
penuti, chinuk, yakona va boshqalar, Kolumbiya daryosi havzasida
yashovchilar tillari kiradi.
Hozirgi AQSH hududida yashovchi
qabilalar turli tillarda
so‘zlashganlar. Ba’zida qo‘shni qabilalar vakillari bir-birining tilla-
217
rini tushunmaganlar, natijada hindular imo-ishora «tilini» yaratganlar.
Bu usuldan hindular ingliz tilini o'zlashtirgancha yevropaliklar bilan
muloqotda ham foydalanganlar.
Etnoslararo muloqotga ehtiyoj qabilalararo jargonlami vujudga
keltirib, undan savdo aloqalarida foydalanganlar.
Ulardan eng mash-
huri Shimoliy Amerikaning Alyaska yarimorolidan Kalifomiyagacha
tarqalib, XIX asrda yevropaliklar unga chinuk deb nom berganlar,
hindular kabi ular ham bu tildan savdo-sotiqda foydalanishgan. Asta-
sekin unga ingliz, fransuz tillaridan yangi so‘zlar kiritiladi. AQSH ning
janubiy-sharqida muskoglar, algonkinlar, irokezlar, siular muomalasi-
da shakllangan mobile Floridadan Missisipiga qadar hududlarda sav
do tili vazifasini bajargan. Buyuk ko4llar vohasida mo‘yna savdosida
fransuz savdogarlari va hindular orasida savdo tili ojibve (chippayev)
asosidagi jargon boMgan. Mamlakat janubida ko‘chmanchilar tili aso-
sidagi jargon qo‘llangan. Ayni paytda hindular tiliga ingliz tilidangina
yangi so‘zlar kirmagan jarayon ikki tomonlama bo‘lib, ingliz tili hali
hindular tili hisobidan boyib borgan.
Dostları ilə paylaş: