13-BOB. SHIMOLIY AMERIKA XALQLARI
G‘arbiy yarimshardagi tor Panama bo'yni qit’ani ikki qismga -
Shimoliy va Janubiy Amerikaga ajratib turadi.
Qutb kengliklaridan deyarli ekvatorgacha, tundradan tropik
o‘rmonlargacha Shimoliy Amerika-Yevrosiyo va Afrikadan keyingi
yirikligi bo‘yicha uchinchi qit’a (24,2 mln. km2). Ushbu qit’aning
shimoliy sohilini Shimoliy muz okeani, g‘arbini Tinch okean suvlari
yuvib turadi. Qit’a nomidan tashqari, Shimoliy Amerikaning nisbatan
tor ma’nosi deganda Meksika bo‘g‘ozi va Rio-Grande daryosidan
qit’aning shimoliy chegaralariga qadar tushuniladi.
Shimoliy Amerikaning tabiati geografik o‘ziga xosligi bilan be-
takrordir. Unda «ichki dengiz» - Buyuk Shimoliy Amerika ko‘llari
guruhi, ajoyib g‘orlari, ulkan kanyonlari, vulqonli, geyzerli massiv-
lari, Yangi Shotlandiya oroli sohilidagi eng baland (20 metrgacha)
to‘lqinlari bilan mashburdir.
Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida ulkan tog‘ tizimi - Kor-
dilyera joylashgan. Qolgan hududlami baland bo‘lmagan Appalachi
log‘lari, Buyuk va Markaziy pasttekisliklari birlashtiradi. Asosiy
daryolar tizimi, ayniqsa, Missisipi (Missuri bilan) odamlarning butun
qit’a bo‘ylab joylashuvini yengillashtirgan.
Shimoliy Amerikada qit’aning eng yirik davlatlari - Amerika
Qo‘shma Shtatlari (328 mln. kishi) va Kanada (37 mln. kishi), unga
Daniya Qirolligining o‘z-o‘zini boshqaradigan hududi - Kalaallit-
Nunaat (Grenlandiya) va fransuz koloniyasi - Sen-Pyer va Mikelon
ham kiradi.
Dostları ilə paylaş: