Sanab o‘tilgan xalqlar tili (nivxlamikidan tashqari) oltoy til oila-
sining tungus-manjur til guruhiga kiradi. Negidallar tili tungus (evenk
va even) tillariga yaqin. Qolganlari janubiy tungus tillariga kiradi.
Nivxlar tili o‘ziga xos bo‘lib, boshqa tillarga kirmaydi,
olimlar uni
paleosiyo tillariga mansub deyishadi.
0 ‘troq baliqchilar hayot tarzining shakllanishi - quruqlikda ov
va dengiz hayvonlarini ovlash ehtimol nivxlar ajdodlaridan boshlan-
gandir. Tungus tilli aholi keyinchalik bu yerda taxminan mil. avv. II
mingyillikda keigan, u davrda Amur bo‘yida boshqa xo‘jalik turlari -
dehqonchilik va chorvachilik mavjud edi. Tungus qabilalari bu yerga
yilqichilik madaniyatini keltiradilar. Milodiy II mingyillikning ik-
kinchi yarmida bu hududda tungus-manjur etnoslari tomonidan yuk
sak taraqqiy etgan madaniyat shakllanadi. Aynan shu joyda 636-yilda
Boxay davlati vujudga keladi. Uni Xitoy imperiyasi ham tan olgan,
Koreya va Yaponiya aloqada boTgan. Kidanlar 926-yilda Boxayni
yengib o‘zlarining deyarli ikki asrlik hukmronliklarini o‘matadilar.
Juijonlar 1115-yilda kidanlarga, mo‘g‘ullar 1211-1231-yillar Jurjon-
lar davlatiga barham beradi. Mo‘g ‘ullardan faqat o ‘rmonlarga qochib
yashiringanlar omon qoladi. Ular daydi ovchilik va baliqchilik bilan
hayot kechirganlar.
Hozirgi Amur, Saxalin, Primoryening tungus tilli
aholisi Boxay va Jurjonlar davlatlarining vayronalarida omon qolgan-
lar avlodlari ekanligi taxmin qilinadi.
Xo‘jalik hayotida baliqchilikdan tashqari yovvoyi o‘simliklami
terish, dengiz hayvonlarini ovlash muhimdir. Mehnat taqvimi ushbu
xo‘jalik mashg‘ulotlariga qarab: maydan oktabrgacha ochiq havza-
larda baliq ovlash boTgan, aprel-may oylarida qayiqlarda dengizga
chiqib nerpa va sivuchlar ovlangan. Bu mashg‘ulotlar
bilan sohil-
dan ancha uzoqda joylashgan posyolkalar aholisi ham arlel boTib
shug‘ullanganlar. Qishda taygadagi qushlarni ovlash, muz ostidan
baliq ovlash asosiy faoliyat turiga aylanadi.
Baliq ovlashda eng unumli, ayni paytda ko‘p mehnat sarflanadigan
usul daryoda uzunligi 100 metr, hatto 300 metrgacha yog‘och shox-
laridan to ‘siq qurib daryo oqimiga qarshi o‘rnatilgan, sohildan dar-
204
yoning o‘rtasiga qaratib o‘matilgan to‘siqda maxsus to‘r qo'yilgan.
Ochiq joyga intilgan baliqlar aynan shu to‘rga tushganlar. Tayganing
ichki hududlarida yashagan nanaylar, ugedeylar, orochilar va orokilar
hayotida muhim o iin n i ov (yozda piyoda, qishda chang‘ida) egal
lagan. It chanalari transport vositasi sifatida faqat daryo bo‘yi, dengiz
bo‘yi
aholisida boigan, orokilarda bug‘ular transport vositasi hisob-
langan.
Tayga aholisining son-sanoqsiz cho‘qqi, daryo, botqoq, butazor-
lar, hay vonlarni bilishlari, bu narsalardan foydalana olishlari, xotirasi,
kuzatuvchanligi va uddaburonligi yevropaliklarni hayratga qoldirgan.
Rus yozuvchisi V.Arsenyevning «Dersu Uzala» asari bosh qahramo-
ni - oddiy nanay ovchisi siymosi yapon kinorejissori Akiro Kurosava
filmi orqali dunyoga tarqaldi. Asarda ham, filmda ham qahramon va
uning qabiladoshlarini faqat insonlarga emas, balki jonli tabiatning
barcha-barchasiga g‘amxo‘rlik va mehr-shavqat namoyish etilgan.
Daryobo‘yi baliqchilari posyolkalari odatda ko‘p hovlili etib qu
rilgan. Har bir baliqchi uy va xo‘jalik
binolarini sohilga, suvga ya-
qinroq qurishga intilgan. Ular hatto mehmonga ham qayiqlarda bo-
rishgan. Sohilda, suvdan 5-10 metr yuqorida qayiqlar turgan. Ulardan
so‘ng to‘rlarni quritish uchun yog‘ochdan ustunlar, undan keyin yoz-
gi yog‘och po‘stloqlaridan uylar, undan narida omborlar, changilar
uchun ayvonlar qurilgan. Eng oxirida qishki yog‘ochlardan qurilgan
uy (fanza)ning orqasida itlar uchun bostirma boigan
Qishki uyni isitish tizimi o‘ziga xos boTgan.
Devor tagidagi
o‘choq uy ichidagi supa ostidan o‘tgan. Tutun tuynugi orqali isitilgan.
Isitish pechlari arxeologlar m a’lumotlariga qaraganda Uzoq Sharqda
temir asrida paydo boiib, Boxay davlati hukmronligi davrida keng
tarqaladi. Bu xildagi isitish moslamalari Xitoy va Koreyada ham
qoilaniladi. Kiyim va buyumlami tayyorlashda o‘tmishda mahal
liy
ashyolar, qichitqio‘t tolasi yoki yovvoyi kamondan to ‘r to‘qish
uchun, baliq terisi, mo‘ynalar, yovvoyi hayvonlar terilaridan kiyim-
bosh tayyorlangan. Yog‘och tanasidan o‘yib qayiq yasashgan. Turli
buyumlar Xitoy bilan savdo orqali kirgan. Qo‘shni xalqlaming ma-
halliy aholiga ta’sirini etagi o‘ng tomonga yopiladigan xalatlar, ayrim
kashta naqshlari orqali ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy hayotda qarindoshlik munosabatlari muhim o‘rin tutgah.
Urug‘ ichida nikoh (endogamiya) taqiqlangan. Qarindoshlar bir-bir-
lariga so‘zsiz yordam ko‘rsatganlar. Qo‘shnichilik ko‘magi ham eng
yaxshi an’analardan bo‘lgan.
Uzoq Sharq xalqlari ma’naviy hayotida ko‘plab arxaik xususiyatlar
saqlangan. Tabiat bilan yaqin bog‘liqlikda yashagan aholi uning barcha
narsalari jonli
ekanligiga ishonganlar, ular insonning ruhi hayvon va
o‘simliklar ruhi bilan aloqada ekanligiga ishonganlar. Uzoq davom et
gan bayramlardan biri ayiqqa bag‘ishlangan. Unda kichkinaligida ush-
lanib bir necha yil xonadon sharoitida boqilgan ayiqni oxir-oqibatda
bayramda qurbonlik qilib, go‘shtini mehmonlarga ulashganlar.
Bu xildagi udum-bayramlar kamayib, XX asrda aholining tur-
mushiga zamonaviy madaniyat va maorif muntazam joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: