qora shomonlar - yovuz ruhlar va qora niyatli shomonlaming hara-
katidan turli kasalliklar va omadsizliklar boiadi. Ruslar kelguniga
qadar yoqutlar jamiyatida ijtimoiy tengsizlik boshlangan. Qabila zo-
dagonlari - toyonlar yirik qabilalami boshqarganlar. Ulaming qurol-
langan guruhlari bo‘lgan. Qabilalararo umshlar toyonlarga o ija ,
mol-qo‘ylami keltirgan. Qullardan xo‘jalik yumushlarini bajarishda
foydalanishgan. Toyonlar sero‘t yaylovlarni kuch bilan egallash-
ga intilganlar, oddiy jamoa a’zolari bunga bardoshlilik bilan qarshi
kurashganlar.
Dolganlar. Yoqutistonning shimoliy-g‘arbida, Taymir bilan
chegarada XVIII-XIX asrlarda yangi etnos - dolganlar (6,6 ming
kishi) shakllangan. Ulaming tili yoqut tili, nomlari esa tungus
urugiarining biridan olingan. Dolganlar shimoliy yoqutlar, evenk
lar va rus mustamlakachilarining aralash nikohlaridan vujudga
kelgan. Ularning madaniyatlarida ham aynan shu xalqlar madani-
yatlari belgilari mujassamlangan. Dolganlar bug‘uchilik bilan
shug‘ullanadilar. Ulaming ayrimlarida ko‘p sonli podalar b o iib ,
bug‘ular aksari transport vositasi hisoblangan. X o‘jalikda ov va
baliqchilik yetakchi o‘rin tutgan.
Yukagirlar. Yoqutistonning shimoliy-sharqida, Kolima daryosi
havzasida qadimgi xalqlardan biri - yukagirlar (1100 kishi) avlod-
lari yashaydi. Qadimda yukagirlar Yeniseydan Chukotkagacha yer-
larda yashaganlar. Yukagirlar ertagida aytilishicha, ilgari qarg‘alar oq
b o ig an ekan. Ular yukagirlaming ko‘plab gulxanlari ustidan uchib
o‘tganlarida qora rangli b o iib qolganlar. Shu tariqa xalq xotirasida
uzoq o‘tmishli voqealari ertak shaklini olgan. Yukagirlar tili paleosiyo
tillariga mansub. Olimlar yukagirlar tilida uning ural tillari bilan qa-
dimiy aloqalarining mavjudligini tasdiqlovchi izlarini topganlar.
Yukagir tillariga mansub aholi piyoda ov qilgani sababli juda
siyrak joylashgan. Ehtimol, shu sababdan yukagir qabilalari aholisi
soni kamayib, tayga va o‘rmonli tundrada tungus va chukchalarga o‘z
o‘milarini bo\shatib berganlar.