Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


12.2. Kamchatka va Chukotka aholisi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

199


12.2. Kamchatka va Chukotka aholisi
Kamchatka va Chukotka yerlarida Rossiya hukmronligi XVIII 
asrdan ularga dengiz yo‘li ochilganidan so‘ng to‘liq o‘rnatildi. Kam­
chatka, Chukotka va ularga tutash orollaming tub aholisi - chukchalar 
(15,2 ming), koryaklar (8,9 ming), itelmenlar (2,4 ming), chuvahs- 
lar (1,4 ming), eskimos va aleutlar (1,7 ming va 0,6 ming)dan ibo­
rat. Ulardan chukcha, koryak va itelmenlar tilini paleosiyo tillariga 
kiritadilar. Eskimos va alsu tillari alohida til oilasini tashkil etadi, 
lekin ulaming asosiy qismi AQSHning Alyaska yarimorolida, Aleut 
orollarida, Grenlandiya (Daniya) va Kanadada yashaydilar. Shimoliy- 
Sharqiy Sibirda eskimoslar Chukotkaning dengiz sohili qishloqlarida, 
aleutlar Komador orollarida yashaydilar.
Osiyoning shimoliy-sharqiy chekkasida yashovchi xalqlaming 
an’anaviy mashg‘ulotlari va hayot tarzlari qisman haligacha saqlanib 
kelmoqda. Bu tundra yirik uyurli bug‘uchiligi bilan qisman chuk­
chalar, koryaklar qit’ada mashg‘ul bo‘lsa, sohilbo‘yi chukchalari, 
koryaklari va eskimoslari dengiz hayvonlarini ovlashadi. Itelmenlar- 
ning asosiy mashg‘ulotlari qachonlardir Kamchatka va boshqa yay- 
lovdagi daryo vohalarida zich yashab, o‘troq daryo baliqchiligi bilan 
shug ‘ ullanganlar.
Kamchatkada XVIII asrdan mslar pay do bo‘lishi bilan itelmenlar 
ular bilan tez aralasha boshlaydi. Ushbu metis aholi rus tili va madani- 
yatini qabul qilib, kamchadallar nomini oladi. Hozirda ulaming soni 
20 ming kishi. 0 ‘z tilini saqlab qolgan itelmenlar ham chukchalar va 
koryaklarga nisbatan ko‘proq mslar ta’siriga uchraganlar.
Dengiz hayvonlarini ovlash katta xavf, ko‘p kuch, chidamlilik, 
chaqqonlik, merganlik, tezkorlikni talab qiladi, asosiy ov obyektlari 
kitlar, morjlar, tyulenlar, laxtaklar (dengiz quyonlari) va boshqalar 
bo‘lgan. Ushbu hayvonlar go‘shti odamlar, itlar uchun asosiy oziq, 
yog‘i taomlami isitishda, mo‘yna va terisi kiyim, poyabzal, suyak va 
tishlari garpun va boshqa zarur narsalar tayyorlashda qo‘l kelgan.
Morj va kit ovlash may-oktabr oylarida jamoaviy tarzda amalga 
oshirilgan. Morj ovlashga chukcha va eskimoslar baydar qayig‘ida
200


Chiqishadi. Bu joydagi qayiqlar yog‘ocb asos ustiga morj terilarini 
qoplab yasaladi. Katta baydar 30 tagacha kishini sig‘diradi. Baydar- 
ning odatdagi jamoasi 7-10 kishidan oshmaydi. Qayiqning orqa to- 
monida uning egasi, eshkakchilar - 5 -6 kishi, uch tomonida 2 garpun- 
Chi bo‘ladi. Morjlar ko‘rinsa, ulami quvib yetib garpun bilan urganlar. 
Yaralangan morj harakatini qiyiniashtirish uchun garpun qayishiga 
tyulen terisidan qilingan va havo to ‘ldirilgan narsani ilib qo‘yishgan. 
Bu moslama keyinchalik ovda oio ch ar qurollardan foydalanilganda 
liam yaralangan morj cho‘kniasligi uchun qoilanishida davom etgan.
Kitlarga ov deyarli shu tarzda o‘tgan, faqat unda bir nechta bay­
dar ishtirok etgan. Tyulen, nerp, morjlarga yakka ovchilik usuli 
qoilanilgan, unda ovchi hayvonlami poylash, qishda muzda maxsus 
teshik qilib, unga havodan nafas olishga chiqqan yoki bahorda qu- 
yoshda toblanayotgan hayvonlami ovlaganlar.
Dengiz sohillaridan uzoqdagi chukcha va koryaklar uchun asosiy 
mashg‘ulot bugunga qadar bug‘uchilik b o iib kelmoqda. 0 ‘tmishda 
doimiy manzilgohlar boim agan, bug‘uchilar manzilgohlari mavsu- 
miga qarab bir necha bor ko‘chgan. Bug‘u hayot uchun barcha zarur 
narsani: go‘sht, teri, transport vositasi va h.k.lami bergan. Bug‘u 
go‘shtiga sohil aholisidan yog‘, qayish, tyulen terisi va boshqalami 
ayirboshlaganlar. Bug‘u asosiy transport vositasi boigan (sohil bo‘yi 
chukcha va koryaklari it qo‘shilgan chanalarda harakatlangan).
Chukchalar va koryaklar bug‘uchiligi uchun uyur laming 
ko‘psonliligi xos. Bu xo‘jalik XVII-XVIII asrlarda shakllangan. Il­
gari tundrada yovvoyi bug‘ularga ov keng tarqalgan edi, Uy bug‘ulari 
bilan chukcha va koryaklami qo‘shnilari - evenlar tanishtirgan- 
lar. Chukchalar va koryaklar bug‘ularni haydovchi maxsus itlami 
ham bilmaganlar. Bug‘ular uyurini to‘plash, boqish, parvarishlash 
cho‘ponning yelkasida boigan. Yaxshi cho‘pon chidamli, chopqir 
b oiishi lozim edi. Shuning uchun o‘g‘il bolalar yoshligidanyugurish, 
chang‘ ida yurish mashqlarini bajarishgan (Chukotka va Kamchatkada 
sirpanadigan changilam i bilishmagan).
Chukchalar, koryaklar va itelmenlar hayotida daryo, dengiz sohili 
baliqchiligi katta o‘rin tutgan. Ular nerpa, tyulen yoki baliqqa ovga
201


kichik kayakda - sinchga tortilgan teridan iborat qayiqda chiqishgan. 
0 ‘tirgan kishi o iin d ig ‘i ham belidan qayish bilan mahkam bogianib, 
qayiq ag‘darilganda ham ichiga suv kirmagan. «Suvdan quruq chiq- 
di» iborasi ilk bor aynan ular to‘g‘risida aytilgan b o isa ajab emas.
Shimoliy-Sharqiy Osiyo xalqlari turar joylari - bug‘uchilar ya- 
rangasi, chumga o‘xshash, lekin kattaroq bo‘lgan. Uning ham sinchi 
yog‘ochlardan boiib, teri bilan qoplangan. Uning asosiy xususiyati 
isitilishidir. Yaranga ochiq gulxan emas, maxsus yog‘ quyilgan chiroq- 
da yoritilgan va isitilgan. Ichkaridan 2-3 qavat junli terilardan keng 
yopinchiqsimon moslama tikilib, butun qish oila hayoti shu joyda o‘tadi.
Shimoliy-Sharqiy Osiyo xalqlari kiyim va poyabzallari bug‘u teri­
sidan, nerpa, tyulen terilaridan tikilgan. Kiyimlar oldi yopiq, qishki 
po‘stin ham ichiga, ham tashqariga qaratib tikilgan, ko‘ylak tizza- 
sigacha uzun qilib bichilgan, yenglari keng qilingan. Mo‘ynali, junli 
teridan ishton va etiklar ham tikishgan. Odatda, bolalar kiyimlari 
m o‘ynali kombinezon shaklida boigan.
Shimoliy-Sharqiy paleosiyoliklar ijtimoiy hayotining o‘ziga 
xosligi eskimoslar va itelmenlardan boshqa etnoslarda urugiam ing 
boimasligidir. Ehtimolulardaurug‘ nomlariOxotadengizi bo‘ylaridan 
ko‘ chganlarida va hozirgi hududlarda tarqoq holda yashay boshlagan- 
larida unutilgandir.
Ushbu xalqlaming dunyo haqidagi tasavvurlarida qadimgi e’tiqod 
va kultlar talaygina. Ulaming barchasida - qarg‘a haqidagi rivoyat- 
larda uni dunyoni o‘matuvchi, ayyor, shum va aldoqchi, ayni paytda 
odamlarga ko‘plab yaxshiliklar qilgan jonzot sifatida tavsiflashadi. 
Aynan u daryo, togiar, tundrani, dengiz, itlami, kitlami, tyulenlami, 
qushlami, ilk odamlami yaratgan. Qarg‘a odamlami so‘zlashishga, 
hay von go‘shtini iste’mol qilishga, kiyim tikishga, olovni olishga 
(yog‘ochni yog‘ochga ishqalab) va yana ko‘plab narsalami o‘rgatgan.
Chukchalar, koryaklar va itelmenlar, eskimoslar diniy tasavvur­
larida sehrgarlikka asoslangan ko‘plab udum-marosimlar saqlangan. 
Afsungarlik va tumorlarga e’tiqod insonlami yovuz ruhlar xumjidan 
asrashi kerak edi. Kele - yovuz ruh inson va uy bug‘ularini hamisha
202


ta’qib etadi. Afsungarlik harakati (kasalga qurbonlik qilingan hay­
von qonini surtish), shuningdek shomonning o‘tkazgan udumi yovuz 
kuchlami hay dab kasalning tuzalishiga ko‘mak berishi lozim deb tushu- 
nilgan. Dengiz sohili aholisida «boshlar bayrami», dengiz xo‘jayiniga 
bag‘ishlab qilinadigan «kit bayrami», udumlar, qo‘shiqlar va pantomi- 
ma ko‘rinishidagi butun bir spektakllar bo‘lgan. Odamlar bu tadbirlar 
orqali oMdirilgan hayvonlarga «hayot qaytarilishiga» ishonganlar.
Og‘ir mehnatli hayot yorqin bayramlarga ehtiyoj tug‘dirgan. Bu 
bayram tomoshalari faqat diniy emas, balki insonlami xursand qi- 
lishga yo‘naltirilgan. Bayramlar, shuningdek, Kamchatka va Chu- 
kotkada o‘tkaziladigan yarmarkalarda o‘yinlar, sport musobaqalari -
yugurish, bug‘u qo‘shilgan chanalarda poyga, kamondan o‘q uzish 
kabi tomoshalar ko‘rsatilgan. G ‘oliblami barcha olqishlagan, ular 
shuhratga sazovor bo‘lganlar. Chukcha va eskimoslarda qor ustida 
charm koptokda hozirgi futbolga o‘xshash ikki tomonlama o‘yin ham 
o‘tkazilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin