Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Sibir xalqlari va madaniyatlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

12.1. Sibir xalqlari va madaniyatlari
Ruslar Sibimi egallay boshlar ekanlar, birinchi bo‘lib mansi, xant- 
lar va nenetslar bilan uchrashganlar. Ular Rossiya davlatiga XVI asr­
da qo‘shib olingan.
Komi, nenetslar, xantilar va mansilar tillari ural til oilasiga kiradi. Til 
oilasining fin, samodiy hamda ugor guruhlari mavjud. Lingvistika va arx- 
eologiyatadqiqotlariga asoslanib, ural til oilasi qadimda Osiyo va Yevropa 
chegaralarida Ural tog‘larining har ikki tomonida shakllangan ini taxmin 
qiladilar. Hududda jez va temir asrlarida ugorlar ajdodlari ovchilik hamda 
baliqchilikdan ishlab chiqarish xo‘jaligiga - chorvachilikka o‘tganlar.
Janubiy Ural hududlarida mil. avv. Ill—
I mingyilliklarda ko‘p son­
li migratsion jarayonlar bo Tib o‘tgan. Ayni paytda ugor qabilalarining 
bir qismi Xitoygacha siljib mahalliy qabilalar bilan aralashib, ulardan 
baliqchilikni va ovchilikni o‘zlashtirgan bo‘lishlari mumkin. Lekin 
ushbu jarayonda ugor tillari ustvm kelgan, ayni paytda ugorlarga qadar 
yashagan aholidan baliqchilik va ovchilikni o‘zlashtirganlar. Bugun- 
gi xantlaming kelib chiqishi tarixi shunday. Hozirda ular 22,3 ming 
kishidan va mansilar 8,3 ming kishidan iborat. Mansilar oxirigacha 
o‘rganilmagan kam sonli etaosdir.
Xanti va mansilar XIX asrda Ob daryosi vodiysidagi o ‘rmonlarda 
yashab, ozuqa topishda katta qiyinchiliklarga uchraganlar. Olimlami 
ulaming boy folklori, pahlavonlari, dushmanlar bilan umshlardagi 
qahramonliklari haqidagi dostonlar qanday vujudga kelgani hayron 
qoldiradi. Qolaversa, ulardagi erkaklaming xanjar va nayzalar bilan 
raqsi, uning davomida tebranib, qurollami siltab, jangari hayqiriqlami 
aytib qichqirishlari xuddi yaqindagina urushga tayyorgarlik ko‘rgan 
qo‘shinga o‘xshaydi. Ushbu raqslar endilikda bayramlarda ajdodlar 
ruhlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimlarda ijro etiladi.
190


0 ‘rmon etnoslarida ruslar istilosiga qadar o'zlarining qahramono- 
na davri bo‘lgan. Ob daryosi havzasida qator knyazliklar o‘z hukm- 
dorlariga, yog‘ochdan shaharcha-qal’alari, drujinalariga ega bo‘lgan. 
Tayga o‘lkasidagi urushlar aksari ov ko‘rinishida bo‘lib, dushmanga 
sezdirmasdan yaqinlashib, uni shoshirib qo‘yishi lozim edi. Tadbir 
tunda qayiqlarda ham amalga oshirilgan. Dostonlarda kuylanishi- 
cha, ochiq urushlar ham bo‘lib turgan. Kuchumning Sibir xonligiga 
kirgan xant va mansilami ruslar o‘tochar qurollar yordamida tezda 
bo ‘ у sundirganlar.
Xantilar va mansilar qishloqlari daryolar Ob va Irtish oqimi 
bo‘ylab joylashib, kichik aholisi kam, tarqoq holda bo‘lgan. Eng 
yirik uylar soni o‘ntadan oshmagan. Daryolaming quyi oqimida 
baliqchilik, yuqori oqimida esa ovchilik asosiy mashg‘ulot bo‘lgan. 
Baliqlar urug‘ tashlagani sayoz suvlarga qarab suzganida xantlar va 
mansilar qayiqlarda ovga tushib, chayla qurib qishga baliqni quritib, 
dudlab zaxira tayyorlaganlar. Baliqning ichidagi narsalaridan eritib 
yog‘ olishgan, uni taom tayyorlashda, turli o‘rmon mevalarini ara- 
lashtirib saqlashgan. Baliqni suyaklaridan yanchib un qilib, qishda 
undan sho‘rva tayyorlab yeyishgan. Baliq ovlashda turli qurollar, 
sanchqi, nayza, to‘r va h.k.lardan foydalanishgan.
Xantilar va mansilar ovda ham yuksak mahoratga ega bo‘lishgan. 
Ruslar kelguniga qadar asosiy ov quroli kamon edi. 0 ‘q-yoydan foy- 
dalanishga bolalami yoshligidan o‘rgatishgan. Xo‘jalikda yog‘ochdan 
ham keng foydalanilgan. Beresta (oq qayin po‘stlog‘idan va boshqa- 
lar)dan idishlar tayyorlangan. Yog‘ochdan taygadagi hayotda juda 
zarur buyumlar - chang‘i, itlar uchun nartlar, ichi o‘yib yasalgan qa- 
yiqlar tayyorlangan.
Qishda muzlab qolgan daryolar ustida it qo‘shilgan chang‘ilar 
asosiy transport vositasiga aylanadi. Itga chang‘i qo‘shish bu joylarda 
qadimgi ildizlarga ega. U neolitda paydo bo‘lib, o‘troq baliqchilik 
sharoitida faqat odamlarga emas, itlarga ham yetarlicha oziq bo‘lishi 
lozim edi. Faqat XVII-XVIII asrlardagina it chang‘ilarini bug‘u 
qo‘shilgan chanalar almashtiradi. Har bir hududiy qabila guruhida o‘z
191


Xo‘jalikning ushbu yovvoyi bug‘ularga ovi Yevrosiyoning shi- 
molida eng qadimgi turlardan biri boigan. U neolitda paydo bo ig an
nganasanlar diniy tasavvurlarida qadim udum va marosimlar unsur- 
lari boiib, ulardan biri o‘choq ilohasiga e ’tiqod qilishgan. Bayram- 
lari yanvarda tundra ustida quyosh ko‘ringanida, yozgi quyoshning 
chiqishi, ilk qor yogishi va hokazolarda shomon boshchiligida qam- 
lash udumi o‘tkazilgan. Shomon boiajak mavsumning omadli kelishi 
yoki boshqa istiqbollami aholiga yetkazgan.
Evenklar. Yeniseydan sharqqa tomon Tinch okean sohillariga qa­
dar o‘rmonli o ikani qadim zamonlardan evenklar (30 ming) (ilgari 
tunguslar deb atashgan) o'zlashtirganlar. Ularga tili va turmushi jihati- 
dan o‘xshash evenklar (17 ming kishi)ni ilgari tungus ham deyishgan. 
Kam sonli bo ‘ lishiga qaramasdan, evenklar Rossiyada ruslardan keyin 
ikkinchi yirik hududni egallagan. Evenklar - tayga ovchilari mazkur 
hududning hayvonlarini, odatlarini yaxshi bilishdan tashqari, yaxshi 
mergan, abjir va chidamli b oiishi lozim. Ovda omad ham muhimdir. 
Evenklardagi maqollardan birida «oson erishilgan narsa omad emas» 
deyiladi. Ovchilarning taygani bilishlari, unda y o i topib yurishlari 
hayratlanarli darajada. Ular uchun barcha narsalar - daraxt butasi, yer 
yoki relyefli jilg‘a, hayvon oyog‘i yoki qushning ovozimi, barchasi 
inson uchun muhim ma’lumot berib, barchasi uning xotirasida muhr- 
lanadi. Evenklaming butun hayoti hayvon yoki baliq izlab bir joydan 
ikkinchisiga ko‘chishi bilan o‘tgan. Lekin bu ko‘chishlar tartibsiz va 
o ‘z-o‘zidan boimasdan, qishki, bahorgi va kuzgi manzilgohlar asrlar 
davomida oiganilgan joylarda bunyod etilgan. Ovchi yoki ovchilar 
guruhi ba’zida hayvonni bir necha kunlab ta’qib etgan. Agar mav- 
sum omadli kelsa, go‘shtning bir qismini zaxiraga qoldirishgan. Uni 
dudlashgan, quritishgan, yaqin orada yeyiladigan go‘shtlarni qoplab 
bug‘iga yuklab olib yurishgan. Ovchi ovlagan hayvonni hech qan­
day isrofsiz tnaydalagan. Kamus - bug‘uning yoki losning oyogidagi 
terilar poyabzal uchun ishlatilgan. Hayvonning bo‘yin terisidan bir 
necha metr uzunlikdagi mustahkam arqonlar yasashgan. Paylaridan 
kiyim tikish uchun mahkam iplar qilingan. Bug'u yoki ayiq terisidan
194


lesiq 
kiyim - chumlami yopish, uxlash uchun qoplar, ko‘rpa yasash- 
gan. 
Bug‘u terisidan zamsh ham tayyorlashgan. Evenklar o‘zlariga 
Starur 
bo‘lganidan ortiqcha hay von ovlamaganlar. 

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin