saqlangan. Bu borada Myanma nagalari ayniqsa mashhur. Ko‘p sonli
va jangari naga qabilalari ilgaridan o‘z qo‘shnilariga qo‘rquv solib,
muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirganlar. Xo‘jalik
borasida nagalar qadimdan dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular
tor tog‘ vohalarida zinapoyali terrasa ekinzorlari yaratishgan. Tog‘larda
unumdor yerlar kam, shuning uchun nagalar qo‘shnilari yerlariga hujum
uyushtirganda ularning yerlaridan tuproq ham olganlar. Nagalar o‘z da-
lalarini bambukdan yasalgan nov orqali sug‘orishgan. Ular sholi, sabza-
vot, eng baland yerlarda makkajo‘xori yetishtirganlar. Chorvachilikda
yaylovlar bo‘lmaganligidan asosan to‘ng‘iz va tovuqlar boqiladi.
Nagalar qo‘rg‘onlari yerlari singari terrasa usulida qurilgan.
Har bir qishloq kuchli mudofaa vositasi sifatida devorlar bilan
ta’minlangan. Uylar qalin yog‘ochlardan, yerga qoqilgan ustunlar us-
tida qurilgan. Uylar yirik oilalar uchun qurilib, ular bir necha avlod
qarindoshlardan tashkil topgan. 0 ‘zining jangariligi sababli turli qu-
rollar: nayzalar, shamshirlar, xanjarlar, XX asr boshlaridan o‘tochar
qurollami to‘plaganlar. Nagalar diniy tasawurlari arxaik ko‘rinishda.
0 ‘tmishda nagalar ham «bosh ovlaganlar», yigit dushman boshini
keltirmaguncha uylanishga ruxsat berilmagan. Dushman boshini
yangi qurilayotgan uyning birinchi ustuni tarzida yerga ko‘milgan.
Bugungi kunda zamonaviy nagalaming talay qismi xristian baptistlar
bo iib ,
0
‘tmishda ular ruhlar va jonlarga e’tiqod qilishgan.
Dostları ilə paylaş: