Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Ma’naviy madaniyat. 
0 ‘rmonlarda yashovchi aholi hozirga 
qadar animizm, totemizm, fetishizm, afsungarlik va shomonlik 
e’tiqodlariga sig‘inib kelishadi. Hozirda yuksak rivojlangan xalqlarda
182


ham yaqin o‘tmishda yuqoridagi diniy e’tiqodlar mavjud edi. Masa­
lan, Kalimantan orollarida ham XX asr birinchi yarmida dayaklar- 
da «bosh ovlash» udumi saqlangan. Bu boshlardan turli marosimlar 
o‘tkazishda foydalanganlar. Hozirga qadar davolash, taqdimi oldin- 
dan aytib berishda shomonlik udumlaridan foydalanishadi. 0 ‘ziga 
xos udumlardan biri Bali orolida cho‘g‘langan ko'mir ustida raqsga 
tushish bo‘lib, so‘nggi paytlarda uni sayyohlar uchun attraksion sifa- 
fida namoyish qilishmoqda.
Janubiy-Sharqiy Osiyo orollari mamlakatlaridagi ko‘pchilik 
zamonaviy aholi diniy e ’tiqodlari bo‘yicha musulmonlar (Malayziya, 
Yava, Sumatra va qisman Sulavesida, Filippin janubidagi ayrim orol- 
larda) yoki xristianlar (Filippinning katta qismi, Sulavesi orolidagi 
ayrim guruhlar va boshqa orollarda). Bali orolida qadimgi Hindiston- 
dan keltirilgan din - buddaviylik va hinduiylik dinlarining chatish- 
gan turi saqlangan. Bu joyda ko'plab ibodatxonalar qurilgan bo‘lib, 
orolning har bir burchagida ko‘p kunlar davom etadigan ezgulik va 
yovuzlik ruhlariga bag‘ishlanadigan bayramlar o‘tkaziladi. Krematsi- 
ya - marhumlami gulxanda kuydirish marosimi tantanali o‘tkaziladi.
Orolliklar turli klassik xalq raqslari, original xalqmusiqasini saqlab 
kelmoqdalar. Indoneziya orkestri - gamelan asosan nog‘oralardan 
tashkil topib, ular o‘ziga xos ovoz chiqaradi.
Eng katta shuhratga soyalar teatri - vayang kulit yoki qo‘g‘irchoq 
teatri - vayang purvolar erishgan. Unda qadimgi hind dostonlari asosi- 
da bir necha kun ishtirok etiladigan pyesalar ko‘rsatilib, ular kundalik 
hamda siyosiy hayotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. Ush­
bu teatr qo‘g‘irchoqlari soni 200 ga yaqin b o iib , qo‘toslar terisidan 
qilingan boshlari, q oilari harakatlanadi. Ijobiy va salbiy qahramonlar 
rangi, kiyimlari va hokazolardan farqlanadi. Qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi 
(dilang) bir paytning o‘zida qo‘shiqchi, hikoyachi va ko‘plab matnlar 
muallifidir. Ayni paytda madaniyatning amerikalashgan turlari tobora 
keng tarqalmoqda.
Malayziya, Indoneziya va Filippin xalqlarining ma’naviy madani­
yati ham yorqin sahifalariga ega. Xususan, malay va boshqa xalq-
183


lar folklori pantuni - ko‘rinishi bo'yicha nozik, mazmuni bo'yicha 4 
misrali she’rlardan iboratdir. Ko‘pgina xalqlar qadimgi badiiy adabi- 
yotga ega. Masalan, malaylar adabiyotida musulmon diniy asarlarini 
tarjima qilishdan tashqari ilgaridan badiiy hikoyalarda turli uydirma- 
lar sodir bo‘lgan tarixiy voqealar bilan qorishib ketgan minangkabau 
xalqi og‘zaki ijodi, ko‘plab ertaklarda avyor kichkina kiyik, og‘zaki 
improvizatsiyalar bilan mashhur. Kaba nomli yirik qahramonlik va 
nasihat yo‘nalishidagi asarlar ritmik proza shaklida bitilgan. Ushbu 
orollar dunyosining barcha xalqlari zamonaviy adabiyot va nashrlari 
boshqa professional madaniyat elementlariga ega.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin