Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Moddiy madaniyat. 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning orollardagi 
aholisi moddiy madaniyati ashyolari ba’zida chinakam san’at asarlari, 
kolleksioner va etnografik muzeylar uchun istagan buyumlar bo‘ladi. 
Ayrim xalqlar an’anaviy moddiy madaniyatlarini deyarli o‘zgarishsiz 
holda saqlab qolganlar. 0 ‘zga yirik xalqlarda yevropa madaniyati - 
ning ta’siriga uchragan bo‘lsa-da, uy hayotida o"zining qat’iy jihatla- 
rini saqlab kelmoqda. Xalq turniushini ko‘rsatuvchi ko‘plab muzeylar 
Indoneziya, Malayziya va Filippinda tashkil qilingan.
180


Sug‘orma plug dehqonchiligi bilan shug‘ullanayotgan xalqlar 
endilikda zavodlarda yasalgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. 
Oddiy dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar yerga ishlov be- 
fishda, ekishda, hosilni yig‘ishda o‘zlari yasagan mehnat qurollaridan 
foydalanadilar. Xususan, yog‘och tayoq, so‘qa va h.k. lar uchlari faqat 
metalldan emas, shuningdek tosh va suyak (shox)lardan yasalgan.
Qurollar juda unumli va qiziqarli b o iib , uni qabilalar o‘z taraqqi- 
yotlari darajasiga qarab yaratganlar. 0 ‘rmon aholisida nayza, kamon, 
sumpitan - puflab otuvchi miltiqlar (bambuk poyalari yoki parma- 
lab teshik ochilgan yog‘ochlar)dan foydalanadi. Sumpitandan kichik 
zaharlangan o‘qlar bilan qushlar va boshqa may da hayvonlami ov- 
laganlar. Lekin zahardan o‘zaro mojarolar paytida raqiblariga qarshi 
foydalanmaganlar.
Yavaliklar xanjari o ‘zining turli ko‘rinishda boiishi bilan mash- 
hur. Xanjar sopini o‘yma naqshlar bilan bezashsa, qiniga turli naqsh- 
lar tushirishgan. Barcha muzeylardagi etnografik kolleksiyalarda da- 
yaklar 
qilichi - mandaular saqlanadi.
0 ‘rmonlaming daydi qabilalari doimiy turar joylar qurmay, 
to‘xtagan joylarida tunash uchun daraxtlar ustida shoxida joylar yoki 
shamol panalar - chaylalar qurganlar. 0 ‘troq dehqonlar qishloqlari 
o‘tmishda baland yog‘ochdan qoqilgan uchli xodalarda to‘sinlar bilan 
o‘rab olingan. 0 ‘zaro mojarolarga barham berilganidan so‘ng bunday 
mudofaa inshootlar qurilmay qo‘yildi. Aholi qo‘rg‘onlari, ko‘chalari 
bilan bir-biriga parallel turar joylari shaklida yoki tartibsiz, to‘p-to‘p 
shaklida bunyod etilgan.
Yava orolidagi uylardan tashqari barcha hududlarda ustunlar 
ustiga qurilib, mustahkam tomli qilib yopilgan, sababi ular qattiq 
ehamollarga 
turib berishi kerak boigan. Asosiy turar joylar ham, 
XO‘jalik 
binolari ham ikki tomonlama, o‘rtasi past, ikki tomoni egarga 
0‘xshab ko‘tarilgan tomlar barcha orollar uchun xususiyatlidir. Uy 
devorlarining aksari o‘ymakor naqshlar bilan bezatilib, uy egalarini 
yomon ko‘zlardan, yovuz ruhlardan saqlashga moijallangan. Da- 
yak qo‘rg‘onlari ham o'ziga xos, ularda ikki yoki uchta «uzun uylar»
181


bo‘lib, ularda bir nechtadan oila yashaydi. Bunday uylami ham ba­
land ustunlar ustiga qurishib, qishloq atrofini o‘tish murakkab bo‘lgan 
yog‘ochdan o‘tkir uchli devor bilan o‘ralgan.
Qishloq uylari ichki koVrinishi sodda, polga bo‘yra solinib, unda 
kunduzi o‘tirilib, tunda uxlashadi. Devorlarda qurol-aslaha, ovlangan 
noyob hayvonlar terilari, qushlar, uy jihozlari ilib qo‘yilgan.
Janubiy dengiz mamlakatlari aholisining moddiy madaniyat- 
laridagi yavaliklar, malay, sund va tigallarda saqlanib kelayotgan 
elementlar asosan kiyimlarida uchraydi. 0 ‘rmon xalqlarida kiyimlar 
kam bo‘lib, erkaklar lubdan belbog‘cha, endilikda fabrika matolari- 
dan ham, ayollar o‘simlik yoki matodan yubka kiyishadi. Botqoqli 
o‘rmonlarda yashayotgan aholi poyabzal kiymaydi. Lekin ulaming 
liboslarida zeb-ziynatlar, qo‘l-oyoq bilaguzuklarini erkaklar ham, 
ayollar ham taqishadi. Ko‘pgina qabilalarda marosim tatuirovkalari, 
jangchilaming jangovar bo‘yalishlari an’analari saqlangan. Ayrim 
xalqlarda tishlarni yo‘nish va qora rangga bo‘yash, turli metallar bilan 
inkrustatsiya qilish tarqalgan.
Sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalqlar nisbatan 
murakkab kiyim - sorong kiyishadi. So‘nggi o ‘n yilliklarda odatiy 
matolar va milliy kiyimlar bilan birgalikda fabrika matolari va ki- 
yimlarini kiyish ham keng tus olib, bu jarayon faqat shaharlarda emas, 
qishloqlarda ham kuzatilmoqda. Shaharlarda an’anaviy va yevropa 
kiyimlari aralash kiyilmoqda. Xizmatchilar, ziyolilar vakillari yev- 
ropacha kiyinsa, ayrimlar tepa qismi yevropacha, pasti sorong bilan 
ham ko‘chada yuradi. Sorong bugungi kunga qadar uy kiyimi bo‘lib 
kelmoqda. Uni maxsus mato - batakdan tayyorlashadi. Batak XX 
asr so‘ngida Yevropa va Shimoliy Amerikada ham keng tarqalgan. 
U yuqori sifatli paxta tolasidan gazlama bo‘lib, uni murakkab usul- 
da qo‘lda bo‘yab, kashtalangan. Batak qimmat mato bo‘lganligidan 
uning yasama arzon turlari ko‘payib ketgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin