Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Antropologik, lingvistik tasnif, aholining etnik tarkibi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Antropologik, lingvistik tasnif, aholining etnik tarkibi. 
Jis- 
moniy antropologik belgilariga ko‘ra Indoneziya, Malayya arxipelagi 
aholisi - janubiy mongoloidlardir. Faqat Irian-Jayada papuas-avs- 
traloidlar yashaydi.
Orollaming yirik va mayda xalqlari hamda qabilalari ko‘plab til- 
larda so‘zlashadilar.
Eng ko‘p sonli iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan etnos 
yavaliklar va sundlar (Yava orolining garbida yashaydi). Ayni paytda 
Yava orolining to g ii hududlarida tenger va baduy qabilalari ibtidoiy 
tuzum unsurlarini saqlab qolganlar.
Sumatra aholisi tarkibi bo‘yicha murakkab, sohil bo‘yidagi 
hududlami madaniyati va xo‘jaligi yuqori rivojlangan minangkabau
bataklar egallaganlar. Ular qatorida orolning o‘tish murakkab bo‘lgan 
o‘rmonlarida kam sonli (kubu va boshqa) ibtidoiy ovchilar va terim- 
chilar guruhlarini uchratish mumkin.
Kalimantan sohillari: malay, banjara, xitoyliklar joylashgan hudud- 
lardir. 0 ‘rmonlar va botqoqlarda, daryoning pastki qismlarida yuzlab 
xalqlar va qabilalar yashab, ularni yig‘ma nom bilan dayaklar deyish- 
gan. Dayaklar o‘zlarini nimaga bunday ataganliklarini bilishmagan 
ham, ular urug‘-qabila nomlarini ishlatmaganlar. So‘nggi o‘n yilliklar- 
da Dayak nomi tobora ommalashib bormoqda. Ichki Kalimantanning 
o‘tish murakkab boigan hududlarida punan va bukit qabilalari yashab, 
ular ham urug‘chilik tizimi bosqichida hayot kechirgan.
176


Sulavesi orollari aholisi etnik tarkibi ham murakkab, uning shimoli­
da minaxaslar yashasa, janubda sohil bo'yida buglar va makasarlar o‘rta 
asrlardayoq mustaqil knyazliklar tuzishgan. Sulavesining ichki hudud- 
larida tarajlar guruhidagi xalqlar yashaydi. Sulavesining ichki rayon- 
laridagi aholi XIX asrda ham o‘z taraqqiyoti bo‘yicha qo‘shnilaridan 
ancha orqada edi. Eng kam sonli qoloq qabila - tololar g‘orlarda yashab 
tosh asri darajasida boiganlar. Bugungi kunda bu xalqlaming turmushi 
va madaniyati qo‘shni xalqlamikiga yaqinlashib qoldi.
Yava orolidan sharq tomondagi Kichik Zond orollari (Nusa-Ten- 
garra)da baliliklar. sumbavalar va boshqa o‘ziga xos yorqin madani­
yat yaratgan xalqlar yashamoqdalar.
Yana ham sharqroqda Molukka orollari yastanib yotadi. Ulaming 
ayrimlari tub aholisi o‘rta asrlarda deyarli qirib bitirilgan yoki qul- 
likka sotilgan. Ispan va portugal qul savdogarlari bu yerlarga ziravor- 
lar, iforli o‘simliklar izlab kelganlar. Shuning uchun Molukka zamo­
naviy aholisining ko‘pchiligi Indoneziyaning g‘arbiy viloyatlaridan 
chiqqan aholidir.
Indoneziyaning eng sharqiy viloyati Irian-Jaya - Yangi Gvineya 
orollarining bir qismi aholisi o'tmishda papuaslar bo‘lgan. So‘nggi 
o‘n yilliklarda Indoneziyaning aholisi zich g‘arbiy qismidan aholi 
kowchirib kelinib, sohildagi yerlarga joylashtirilmoqda.
Indoneziya orollaridagi (Yava, Sumatra, Kalimantan) shaharlarda 
ko‘plab xitoyliklar, hindistonliklar yashaydi. Ular asosan savdo, hu- 
narmandchilik, ishlab chiqarishda, sudxo‘rlik va xizmat ko‘rsatish 
sohalarida mashg‘ullar. Filippinning eng ko‘p sonli aholisi bisayya 
(yoki visayya)lar umumiy aholining deyarli yarmini tashkil qiladi. 
Bisayyalar Mindanao, Samar, Leyte, Sebu va yana bir qator katta- 
kichik orollarda yashaydilar. Aholi soni bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan ta- 
gallar (25% ga yaqin) arxipelagning katta orollarida yashaydilar. Bu 
xalqlaming barchasi indoneziyaliklar singari malay tillar guruhida 
so‘zlashadi. Filippinning ko‘pcbilik aholisi katolik, xristianlar qatori 
unchalik katta boim agan moro (Mavrlaming ispancha atamasi)lar 
islom diniga mansub. Filippinda ham yuksak taraqqiy etgan sivili-
177


zatsiyalashgan xalqlar qatorida alohida guruhlar, ancha qoloq va hatto 
ibtidoiy qabilalar ham saqlangan. Ulardan biri aeta - ichki o‘tish qi- 
yin boigan to g ii hududlarda yashaydi. Filippinning davlat tili - tagil 
(pilipino ham deyishadi) va ingliz tillaridir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin