qator yillar ocharchiliklar bo‘ Igan. Tabiatda ilonlar soni me’yoriga yet-
gach kemiruvchilar yetkazadigan zarar keskin kamaygan.
Nisbatan yuqori bosqichdagi xo‘jalik Janubiy-Sharqiy Osiyoda
keng tarqalgan sug‘orma ko‘l (so‘qa) dehqonchiligi bo‘lgan. Ushbu
xo‘jalikturida asosiy ekin sholidir. Qo‘l sug‘orma dehqonchiligi bilan
shug‘ullanadigan xalqlar: Kalimantan dayaklari, Sumatraning tog‘li
bataklari, Sulavesi torijlarining ayrim guruhlari, Filippin ifugaolari,
Yangi Gvineya papuaslarining ayrim guruhlaridir. Ushbu xalqlarda
uy hunarmandchiligi keng tarqalgan. Buyumlar qisman o‘z ehtiyoj-
lari, asosan sayyohlar, muzeylar, kolleksionerlarga sotuvga chiqarila-
di. Asta-sekin bu hunarlar professional hunarmandchilikka aylanadi.
Buyumlaming badiiy darajasi ba’zida juda yuqori, ayrimlari haqiqiy
san’at asari darajasida tayyorlanadi.
Ming yildan ko‘proq vaqt davomida Janubiy-Sharqiy Osiyo aho
lisi uchun asosiy xo‘jalik - sug‘orma omoch dehqonchiligidir. Bu
sohaga iqlim mos, daryolaming serobligi ham qo‘l keladi. Mahalliy
tabiat sharoiti yiliga 3 martagacha hosil olish imkonini beradi. Bosh
ekin sholi, uning qatorida dukkakli va texnik o‘simliklar, yer ildizli
o‘simliklar, banan, ananas, mango, kofe daraxti, choy va yana ko‘plab
ekinlar yetishtiriladi. Filippinda shakarqamish ekish keng tarqalgan.
Texnik ekinlardan kauchukning geneya navi yetakchi o‘rin tutadi.
Eng yuqori xo‘jalik va madaniyat omoch (plug) dehqonchiligi
hamda industrial taraqqiyotning qo‘shilishidir. Madura oroli aholisi
uchun Janubiy-Sharqiy Osiyoda yagona yaylov va qo‘ra chorvachi-
ligi xususiyatli bo‘lib, ular yirik va mayda shoxli mol boqishadi.
Dostları ilə paylaş: