Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Janubiy-Sharqiy Osiyoning qit’adagi xalqlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

11.2. Janubiy-Sharqiy Osiyoning qit’adagi xalqlari
Mamlakatlar va xalqlar. 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning qit’a qismi- 
dagi mamlakatlariga Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, 
Vyetnam va Malayziyaning bir qismi kiradi. Myanma aholisi ko‘p 
millatli: birmaliklar, shanlar, karenlar va yana ko‘plab o‘rmon qabi­
lalari, shu qatorda naga - Hindiston bilan chegara viloyatlarida ya­
shaydilar. Janubiy-Sharqiy Osiyo qit’a qismidagi asosiy aholi ham 
mo‘g‘ul irqining turli tipiga kiradi. Lekin til borasidagi tafovutlar 
turli til oilalari darajasida namoyon bo‘ladi. Jumladan birmaliklar 
va nagalar uzoq davrlardan buy on tibetliklar bilan o‘xshash bo‘lgan 
tillarda so‘zlashadilar. Tailand aholisi tailandliklar va shimoliy qa- 
bilalar tay tillarida so‘zlashadilar. Mamlakatda tay (siam) tili davlat 
tilidir. Laos aholisi ham ko‘p millatli bo‘lib, ular asosan tay tillariga 
mansub. Kambodja aholisi kxmer tilida gaplashadilar. Vyetnamning 
asosiy aholisi vyetlar (yoki kin). Mamlakatning tog‘li va o‘rmon 
viloyatlarida unchalik katta bo‘lmagan xalqlar yashab, turli tillarda 
so‘zlashadilar. Malayziyaning qit’a qismida, Malakka yarimorol- 
ida asosiy aholi malaylar: ular bilan birga xitoyliklar ham istiqomat 
qiladi. Malakkaning markaziy o‘rmonli hududlarida bu joylarning 
tub aholisi - semang va senoilar yashaydilar. Singapurda aksariyat 
xitoyliklar va Hindistondan kelgan kishilar joylashgan. Xitoyliklar
184


qo‘shni mamlakatlarda ham ko‘p sonlidir. Milodiy 1-mingyillikning 
oxiri - 2-mmgyillik boshlarida Janubiy-Sharqiy Osiyoning ko‘plab 
rayonlarida - Myanmadan Vyetnamgacha shahar markazlari va dav- 
latlari vujudga kelgan. Tog‘li viloyatlarda elat va qabilalar ibtidoiy 
tuzum unsurlarini saqlaganlar.
Hindixitoyning dengizbo‘yi viloyatlari va Malakkaga yevropalik 
savdogarlar va missionerlar XVIII asrdan kela boshlavdilar. XIX asr- 
ning ikkinchi yarmidan inglizlar o‘zlarining Hindiston mustamlaka- 
lariga Birma, Myanma, Singapurni qo‘shib oladilar. Kambodja, Laos 
va Vyetnam Fransiyaning mustamlakasiga aylanadi, Tailand (Siam) 
qirolligi rasmiy tarzda o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy-Sharqiy Osiyoning qit’a 
qismidagi barcha mamlakatlar mustaqillikka erishdilar. Ayrim mam­
lakatlarda (Indoneziya, Vyetnam) mustaqillik uchun uzoq urushlar va 
ko‘plab qurbonlar bo‘ldi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin