Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Hindixitoy o‘troq dehqonchilik xalqlari madaniyati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Hindixitoy o‘troq dehqonchilik xalqlari madaniyati. 
Myanma 
xalqlari orasida shanlar va karenlar erkaklari sarong, yengsiz kurt- 
kalar, tor shimlar (ishtonlar) kiyganlar. Birmaliklarda erkaklar keng 
mato boiagini beldan pastiga o‘rab yubkasimon kiyim yaratishgan. 
Boshga to‘qilgan shlyapa, oyoqqa poyabzal kiyganlar. Ayollar kiyim­
lari erkaklamikiga o‘xshash, faqat kengroq boiadi.
Tailand aholisi o‘z qishloqlarini daryo sohillarida quradi, ba’zida 
daryoning o‘zida qayiq va sollardagi «uylarda» yashaydilar. Ko‘plab 
kambag‘allar bu xildagi uylarda butun umrini o‘tkazadi. Mamlakatning 
qishloq aholisi ham, shahar aholisi ham an’anaviy bel kiyimiga e’tiqodini 
saqlab kelmoqda. Unda mato boiagini tanasi va oyoqlari atrofiga o‘rab,
186


tepasida kurtka yoki ko‘ylak kiyishadi. Tailand baleti dunyoga tanilgan. 
Raqsga asosan ayollar tushadilar. Tomoshaga tayyorgarlik shunchalik 
murakkabki, u bir necha soatni talab qiladi. Kolleksioner va sayyohlar 
Tailand zargarlik buyumlarini yuksak baholaydilar.
Kambodjaning yirik xalqi kxmer qishloqlari, daryolar va hovuzlar 
yaqinida joylashgan. Uylari ustunlar ustida bir-ikki xonali qilib quri­
lgan. An’anaviy kiyimlari - sarong, erkaklar - kurtka, ayollar uzun 
sharflar kiyishadi.
Laosliklar (lao) Laosning asosiy etnonimi sanaladi. Ko‘cha 
bo‘ylab uzun masofada joylashgan ustunlar ustida bunyod etilgan 
uylarda yashaydilar. Uy hunarmanchiligi, umuman hunarmanchilik 
rivojlangan. Toshdan but va sanamlar yasash, ko‘p qatlamli lokdan 
buyumlar, daraxt o‘ymakorligi, zargarlik rivojlangan. Vyetnamning 
asosiy aholisi - vyetlar mamlakat hududining asosiy qismini egal­
lagan. Mamlakat shimolida o‘rmonli hududlarda turli millat va kam 
sonli xalqlar yashab, ularning tillari ham rang-barang, arxaik madani- 
yatlarini saqlagan. Lekin so‘nggi yillarda bu aholi vyetnamliklardan 
ko‘plab madaniy yutuqlami o ‘zlashtirdi. Zamonaviy Vyetnamda yirik 
shahar markazlari mavjud, ularda yuksak rivojlangan sanoat tashkil 
etilgan. Ayni paytda turli an’anaviy hunarmandchililc ham o‘z aha- 
miyatini yo‘qotmagan. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan zargarlik 
buyumlari, rotan va bambuk poyasidan to‘qilgan narsalar katta miq- 
dorda eksportga yuboriladi. Vyetnam path gilamlari ham yuksak si- 
fatli ekanligi bilan xususiyatlanadi. Vyetnamliklar qishloqlari yirik, 
ular tepalik yonbag‘ri bo‘ylab, daryo vohalari va yo‘llar chekkalarida 
joylashgan. Har bir qishloqda jamoa uyi mavjud bo‘lib, undayig‘inlar 
o‘tkaziladi. Uylari sinchli, loy bilan suvalgan, devorlari to‘g‘ridan 
to‘g‘ri yer ustida bunyod etilgan.
Vyetnamning qishloq joylarida an’anaviy kiyimlar saqlangan. Pal­
ma barglaridan to‘qilgan qalpoq (shlyapa), oyoqlarida sandal, barcha 
hududlar uchun xususiyatlidir. So‘nggi o‘n yilliklarda shaharlarda yev- 
ropacha kiyimlar tarqalmoqda. 0 ‘tmishda vyetnamliklarda tishlarini 
qoralash odati bo‘lgan. Qishloqlarda betel chaynash tarqalgan. Unda
187


betel bargi arek palmasi urug‘ining bo‘laklariga ohak qo'shib tayyor- 
lanadi. Vyetnamliklar boy ma’naviy madaniyatga egalar. Turli-tuman 
folklor dostonlari (podsho-ajdarho haqida rivoyat, dostonlar va h.k.lar), 
badiiy adabiyot rivojlangan. Suv ustida hovuzda tomosha ko‘rsatiladi.
Vyetnamda Fanlar akademiyasi, oliygohlar tashkil etilgan. 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning alohida xalqlari ongi, ulaming taraqqi- 
yotga intilishi qator omillar orqali: o‘ziga xos tabiat, yorqin madani­
yat, mehnatsevar aholi, shuhratli voqealarga boy tarixga milliy ozodlik 
urushlaridagi g‘alabalar, yangi davrda ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish to­
mon harakatlar orqali shakllangan. 0 ‘zining tarixiy taraqqiyotida yirik 
etnoslar o‘z davlatlarini tuzdi, yozuvlarini yaratishdi, zamonaviy ada­
biyot va maorifiii shakllantirish borasida muhim qadamlar qo'yishdi.
Lekin bu mintaqada ham murakkab jarayonlar kechib, ulaming 
yechimini topish katta kuch va sabr-toqatni talab qiladi. Ulardan biri 
deyarli barcha mamlakatlarda xitoyliklaming qudratli diasporasi 
bo‘lib, ular mayda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida yetakchilik 
qilishi mahalliy aholini g‘azablantirib, etnoslararo dushmanlik kayfi- 
yatini yaratmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin