Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Janubiy-Sharqiy Osiyoning orollardagi xalqlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

11.1. Janubiy-Sharqiy Osiyoning orollardagi xalqlari
Dunyodagi va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng yirik orol davlati 
Indoneziyadir. Undagi 14 mingga yaqin orollardan 6 mingtasida odam 
yashaydi. Eng yirik orollari: Sumatra, Yava, Kalimantan, Sulavesilar- 
dan tashqari ko‘plab o‘rtacha va mayda orollar: Bali, Timor, Malakka 
va hokazolar joylashgan. Indoneziya tarkibiga Yangi Gvineya oroli- 
ning g‘arbiy qismi - Irian- Jay a ham kiradi.
Olimlaming fikricha, qadimgi muzlik paytida arxipelag Osiyo 
va Avstraliya orasidagi ko‘prik vazifasini o‘tagan. Keyinchalik yer 
qa’ridagi siljishlar, okeanlar suvining ko'tarilishi tufayli quruqlikning 
katta qismi suv ostida qoladi. Indoneziya aholisi uchun dengiz muhim 
rol o‘ynaydi. Malayya tilida «Vatan» so‘zi ona zaminnigina emas, 
«yer va suv»ni anglatadi.
Indoneziya hududi inson shakllangan uchta viloyatdan biridir. 
XIX asr oxirida niderlandiyalik E.Dyubua Yava orolidan bundan 
700-600 ming yil avval yashagan pitekantrop qoldiqlarini topgan. 
Keyingi tadqiqotlar davomida Indoneziyadan neandertal va kroman- 
yon davri odamlari manzilgohlari ham topilib, hududdagi antropo- 
genez jarayoni toTiq ko‘rinish oladi.
Indoneziya arxipelagi orollari inson madaniyati qanchalik notekis 
rivojlanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Xususan, Yava va Sumatraning 
janubiy-g‘arbida mil. avv. I mingyillikning ikkinchi yarmida davlatlar 
shakllana boshlagan va bunga Janubiy Hindistondan ko‘chib kelgan 
aholi guruhlari ko‘maklashgan. Kelganlar o‘zlari bilan turli bilimlar, 
xo‘jalik tajribasi, yozuv, buddaviylik va hinduiylik dinlarini olib ke- 
ladilar. Shu bilan birgalikda XIX asrda ham ayrim o‘rmon zonalarida 
ibtidoiy jamoa tuzumi darajasidagi urug‘-qabilalar yashaganlar.
175


Ilk o ‘ rta asrlardan Janubiy-Sharqiy Osiyoga arab va fors savdogar- 
lari va ko‘chib keluvchilar joylasha boshlaydilar. Ular asosan Yava 
va Sumatra orolida joylashganlar. Aynan ularning ta’sirida orollarda 
isloru dini tarqala boshlaydi.
Indoneziya arxipelagi XVI asrdan yevropaliklar, xususan, por­
tugallar va ispanlar, ulardan keyin niderlandiyalik ziravorlar ishqi- 
bozlari ekspansiyasiga uchraydi. Oqibatda Indoneziya 350 yil Ni- 
derlandiya Ost-Indiya kompaniyasi mulkiga aylanadi. Uzoq davom 
etgan mustaqillik uchun kurash 1949-yili Indoneziyaning suveren 
davlat deb e’tirof etilishi bilan yakun topdi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin