Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

10.4. Yaponiya va yaponlar
Yaponiya to ‘rtta - Xokkaydo, Xonsyu. Sikoku Va Kyusyu Orol- 
laridan va yana 40 ming mayda hamda aholisiz o‘ta mayda orollardan 
tashkil topgan.
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda Yaponiya orollariga odam­
lar nisbatan erta o‘tganlar, lekin sopol buyumlar mavjud madaniy 
qatlamlar yoshi taxminan 10 ming yildan iborat. Ulami aynlarning 
ajdodlari qoldirgan boTishlari ham ehtimol. Aynlar bugungi kun­
da Xokkaydo orolining shimolida yashab (16 ming kishi atrofida), 
o"zlarining an’anaviy madaniyatlarini vo'qotganlar. Aynlar klassik
167


madaniyatini tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, ularning qadimgi ajdod- 
lari Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoning janubiy hududlari bilan 
ko‘proq muloqotda boiishgan. Mil. avv. II mingyillikda Yaponiya 
orollarini avstroneziya tillarida so‘zlashadigan aholi egallagan. Qa­
dimgi yapon tilli aholi orollarga mil. avv. V asrdagina Koreyadan 
o‘tib joylasha boshlaganlar.
Zamonaviy Yaponiya - bir millatli mamlakatdir. Uning 99 
%
ga 
yaqin aholisi yaponlardir. Ular orasida bir necha etnograiik guruhlami 
ajratishadi. Bu etnografik guruhlar qachonlardir madaniyatida o‘ziga 
xosliklarga ega boiishgan. Hozirda Ryukyu orolidagi bir guruhgina 
aynan etnografik xususiyatlarini saqlagani bilan ajralib turadi. Yaponi- 
yada til vaziyati juda murakkab, mamlakatda uchta yirik sheva va yana 
ko‘plab mayda shevalar mavjud. Har bir yapon odatda ikkita muloqot 
tilini (biri davlat tili, ikkinchisi mahalliy tilni) biladi. Shevalarda fone- 
tik jihatdan katta tafovutlar muloqotda qiyinchilik tug‘diradi.
Yaponiya yozuvi Xitoy iyeroglif yozuvi asosida yaratilgan. Yapon 
matnlarini o ‘qish ancha murakkab ishdir.
Yaponiyaliklarning an’anaviy xo'jalik mashg‘ulotlari dehqon- 
chilikdir. 0 ‘rta asrlarda yer maydonlarining haddan tashqari mayda- 
lashib ketishi so‘qa dehqonchiligini vujudga keltiradi. Yaponiyada 
an’anaviy qishloq xo‘jaligida hozirga qadar ko‘pchilik ishlar q o id a 
bajariladi. Yapon klassik jamiyati hayot faoliyatini ta’minlashda 
baliqchilikning o‘rni muhimdir. Bu yerda hatto alohida xo‘jalik, 
madaniy til, sohil baliqchiligi va termachiligi shakllangan. Ayni 
paytda baliqchilar hamisha aholining eng kambag‘al qismi boigan. 
Koreyadagi singari Yaponiyada ham ayollaming chuqur joylarda ya­
shaydigan molluskalami ovlash sohasi shakllangan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin