boshlaydi. Yuqorida nomlari keltirilgan dinlar bugungi Xitoyda faoli-
yat yuritmoqda.
Konfutsianlik va daosizmning shakllanishiga xanlarning qa
dimgi dinlari katta ta’sir etgan. Masalan, xalq udumtarinmg qadimgi
qo‘shiqlari to‘plami - «Qo‘shiqlar kitobi» muallifligini Konfutsiyga
berishadi. Qishloq joylarida ajdodlar ruhiga e ’tiqod keng saqlangan.
XXRning tashkil topishiga qariyb 70 yil (1949) bo‘lmoqda.
Ushbu davr davomida Xitoy jamiyati an’analariga hayot ko‘plab
o‘zgartirishlar kiritdi. Xitoyning iqtisodi o‘zgarib, u tez sur’atlarda
industrial mamlakatlar qatoriga qo‘shilmoqda. Lekin ushbu sharoit-
larda ham eng aholisi ko‘p mamlakat o‘z an’analariga hurmat bilan
yondashadi.
Udumlar, folklor qo‘shiq-raqslar asta-sekin transformatsiyalashib,
professional teatr sohalariga - musiqali drama teatrlariga aylandi.
Bunday truppalar miloddan avvalgi II—
I mingyilliklar chegarasidan
ma’lum. Xitoy musiqali dramalari klassik ko'rinishlari XIV asrdan
shakllangan. Professional teatr XIX asrda uzil-kesil vujudga keigan.
Bugungi kunda u «Pekin operasi» nomi bilan mashhur. Badiiy adabi-
yot ham juda qadimiy tarixga ega. Unda badiiyotga nisbatan she’riy
janrlar faolroq rivojlangan. Xitoy professional she’riyatining otasi
Syuy Yuan mil. avv. Ill asrda yashagan. Xitoy adabiyotining eng qa
dimgi yodgorliklaridan biri «Sakkiz umrboqiy donishmand»larga
bag‘ishlangan asar hisoblanadi. Ularning hayot faoliyati tavsifi
faqat XIII-XIV asrlarda yakuniy ko‘rinish oladi. Xitoy professional
madaniyati hozirgi bosqichda yuksak taraqqiyotga erishdi.
Dostları ilə paylaş: