1 О-ВОВ. MARKAZIY VA SHARQIY OSIYO
MAMLAKATLARI
10.1. Geografik, lingvistik va antropologik tavsif
Markaziy va Sharqiy Osiyo ulkan hududlarni egallab, Yevrosiyo
qit’asining to ‘rtdan birini (12 mln. km2) tashkil etadi.
Bu hududda
Mo‘g‘uliston (3,2 mln. kishi), Xitoy Xalq Respublikasi (1,4 mlrd.),
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (25,5 mln.) va Koreya Res
publikasi (51,6 mln. kishi), shuningdek Yaponiya (126,5 mln.)
joylashgan. Yevrosiyoning bu katta qismi tog‘ tizmalari bilan qo-
plangan. Faqat dengiz bo‘yi sharqiy tomonida tekisliklar, xususan,
Buyuk Xitoy tekisligi joylashgan. Yapon orollari va Koreya yarimo-
rolida tekisliklar yana ham kam. Sharqiy Osiyoning janubiy-g‘arbiy
qismini yer yuzidagi eng yirik yassi tog‘lik - Tibet egallab turibdi.
Bu joydan ko‘plab
yirik daryolar, ular qatorida ikki buyuk
Xitoy
daryolari - Yanszi va Xuanxelar boshlanadi. 0 ‘lkaning g‘arbiy
qismida iqlim keskin kontinental, yog‘ingarchilik kam b oiadi.
Hududda eng kam suvli Taklamakon va Gobi choilari mavjud.
156
Yogingarchilik miqdori okeanga yaqinlashgan sari ko‘payib
bora-
di. Xitoyning iqlimi shimoliy-sharqda mo‘tadil, janub tomon sub-
tropik va tropik iqlim kuchayib boradi.
Markaziy va Sharqiy Osiyoda odamlar juda qadimdan yashagan-
lar. Chjoukoudyan (Pekin yaqinida) g‘oridan topilgan ibtidoiy odam
suyaklari - sinantrop bundan 500-600 ming yil ilgari yashagan.
Mil. aw . Ill—II mingyilliklar chegarasida Xuanxe daryosi vohasida
Osiyoning ushbu qismidagi ilk davlat - Shan vujudga keladi. Mil.
avv. 221-yili Xitoy hukmdori o‘ziga imperator unvonini oladi. Xitoy
imperiyasi tarixida shimoldan ko‘chmanchilar, xususan, xunnlar bi
lan doimiy urushlar boigan. Milodiy VI asr o‘rtalarida Markaziy va
Sharqiy Osiyoning shimoliy tomonida kuchli Turk xoqonligi tashkil
topib, VII asrda Xitoy u bilan uzoq davom etgan urushlar olib boradi.
Turklardan so‘ng kidanlar bilan, XIII asrdan mo‘g‘ullar bosqiniga
qarshi, XVII asrda manchjurlarga qarshi urushlar olib boriladi. Xi
toy XIX-XX asrlarda Yevropa davlatlari va Yaponiya ekspansiyasiga
uchraydi. Bu voqealaming barchasi nafaqat Xitoyning, balki Marka
ziy va Sharqiy Osiyoning boshqa xalqlari
siyosiy va madaniy taraq-
qiyotiga ta’sir etgan.
Antropologik jihatdan Markaziy va Sharqiy Osiyoning barcha
xalqlari katta mongoloid irqining turli tiplariga mansubdir. Faqat
uyg‘urlar qisman mongoloidlik belgilari bo ig an yevropeoidlardir.
Hudud aholisining tillari oltita yirik til oilasiga kiradi.
Oltoy til
oilasida uyg‘urlar (11 mln. kishi), qozoq va qirgizlar turkiy til guru-
higa kiradilar. Mo‘g‘ul tillarida Xitoy da (4 mln.), MXRda (2,2 mln.)
va oyratlar gaplashadi. Oltoy tillarining tungus-manjur turkumida
manjurlar (11 mln.) ularning ko‘pi hozirda Xitoy tilida so‘zlashadi.
So‘nggi tadqiqotlar bo‘yicha koreys va yapon tillari ham oltoy til
oilasiga kiritildi.
Sino-tibet (xitoy-tibet) til oilasi ikki guruhga boiinadi. Xitoy gu-
ruhiga deyarli 1 mlrd. 400 mln.lik xitoyliklar va dunganlar (10 mln.)
mansub. Tibet-birma guruhiga tibetliklar (6 mln. kishi) va itszular
(6 mln.dan ortiq) kiradilar.
157
Tay til oilasiga chjuanlar (15 mln.) kiradi. Bu xitoyliklardan ke-
yingi eng katta guruhdir.
Bir necha tillar avstralo-osiyo
til oilasiga mansub, ulardan eng
yirigi myao (6 mln.) va yao (2 mln.).
Dostları ilə paylaş: