Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Tillar va etnik jarayonlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Tillar va etnik jarayonlar. 
Qadimgi hind adabiyoti doirasida
ayrim lokal adabiyotlar, bo‘lajak milliy adabiyotlar xabarchilari 
shakllana boshlaydi. Ayrim mahalliy tillar - hind, bengal, gujarot, 
maratxa, urdu, tamil va telegu ancha oldindan adabiy tilga aylanib
ularda badiiy va boshqa (dostonlar, qo‘shiqlar to‘plamlari va h.k.) 
asarlar yozilgan. Ulardan maratxalar tili XIII-XVII asrlarda o‘rta asr 
shoiri, din targ‘ibotchilari Vitxoba (Krishnaning mahalliy siymosi) 
ning go‘zalligi va rahmdilligini kuylagan qo‘shiqlari orqali shakllan­
gan. Ilmiy asarlarni odatda sanski’it yoki fors tilida bitishgan, har bir 
m a’lumotli kishi ulardan birini bilishi tabiiy hoi hisoblangan. Bu ikki
152


klassik tillar uzoq vaqt yetakchi rol o‘ynab, hind provinsiyalari xalq 
tillarining yuksalishiga yo‘l qo‘ymagan. Kitob va gazetalarning nashr 
qilinishi klassik tillaming ta’sirini pasaytirdi.
Har bir mamlakat uchun turli millatlararo muloqot tilining boiishi 
muhimdir. Hozirga qadar ushbu til hind tillaridan biri boiishi kerak- 
ligi fikri o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Umum hind tilining shakl- 
lanishida kineinatografiyaning roli katta. Aynan filmlarga hind tilida 
ovoz berilishi uning hatto Hindistonning janubida - Tamilnadda tu- 
shunilishiga olib kelmoqda. Hind kinematografiyasi sanskrit va fors 
tillaridan olingan so‘zlarning kam boiishiga intiladi. Ro‘znomalar va 
badiiy adabiyotda ham hind tilini tozalashga harakat qilinmoqda. Bir- 
lashtirish vazifasini qisman ingliz tili bajarmoqda. Shu tariqa hozirgi 
kunda Hindiston uchun bilingvizm (ikki tillik) - maishiy turmushda 
va ishda mahalliy tillarni ishlatish, boshqa elat va xalq vakillari bilan 
muloqotda ingliz yoki mamlakat aholisining % ning tili - hind tilining 
ishlatilishi kengayib bormoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin