Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Xo‘jalik.  Issiq nam iqlim, daryolaming ko‘pligi (Gang, Braxma-  putra va h.k.), k o ilar va hovuzlar yil davomida uch marta - kuzgi, 145



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Xo‘jalik. 
Issiq nam iqlim, daryolaming ko‘pligi (Gang, Braxma- 
putra va h.k.), k o ilar va hovuzlar yil davomida uch marta - kuzgi,
145


qishki va yozgi sholi hosilini olish imkonini beradi. Guruch hudud­
da asosiy oziq mahsuloti bo‘lib, qadimgi hind tillarida «taom» so‘zi 
«qaynatilgan guruch» ma’nosini bergan. Sharqiy Hindistonning yirik 
xalqlari shudgor dehqonchiligi bilan shug'ullanadilar. Lekin kichik 
xalqlar, munda va dravidlar qo‘l dehqonchiligini saqlab daraxtlami 
kesib yoki terrasalar qilib xo‘jalik yuritishda davom etishmoqda. 
Hudud tabiiy qazilmalar bilan boy, hozirda Sharqiy Hindiston sanoat 
borasida eng yuksak taraqqiy etgan hududlardan, endilikda mahalliy 
kasta tizimiga kirmagan qabilalami xo‘jalik va ijtimoiy hayotga jalb 
etish muhim vazifadir.
0 ‘lka aholisi hayotida qadimdan Markaziy Osiyo mamlakatlari 
bilan tranzit savdo katta ahamiyat kasb etgan. Uning shaharlari va vo- 
halari orqali Buyuk ipak yo‘li karvonlari harakatlanib, ushbu savdoda 
mahalliy aholi vositachi-savdogarlar, yo‘l ko‘rsatuvchilar va tuyachi- 
lar bo‘lib xizmat qilingan.
«Haqiqatning sof nilufari»: Janubiy Osiyoda buddaviylik. 
Bu 
hududda buddaviylik hukmron dinga aylangan. Budda odamlarga 
mil. avv. 623-yili oddiy ayoldan - Janubiy Nepaldagi unchalik kat­
ta bo‘lmagan davlat hukmdori rafiqasidan tug‘iladi. Bu asr Xitoyda 
Lao-szi va Konfutsiy, 0 ‘rta Osiyo va Eronda - Zardusht, Yunonis- 
tonda Pifagor davri edi. Shahzodani Siddhartha Gautama deb atashdi. 
Yoshi ulg‘ayib Gautama odamlaming kasal bo‘lishi, o ‘lishini ko‘rib 
hayotning mazmuni haqida o‘ylana boshlaydi. U insonlarga haqiqatni 
izlab topishda ko‘maklashish uchun 29 yoshida Hindiston tomonga 
sayohatga chiqadi. U 6 yil davomida Ganga vohasida yurib, 35 yosh- 
larida ezgulikning yaqinlashganini sezib meditatsiyaga tushadi. Shu 
holatda u Budda - nirvanaga erishib, unga dunyo hayot qonunlari 
ayon bo‘ladi. Hindistonda 45 yil yurgan Budda o‘z ta’limotini ikki 
tilda - kali va sanskritda targ‘ib qiladi. U sakson yoshida hayotdan 
ko‘z yumadi. Buddaviylik Hindistonning hayot tizimiga moslasha 
olmay, amalda yo‘qolib, mamlakatning shimoliy viloyatlari, Bangla- 
deshning janubiy rayonlarida, Nepal, Butan, Shri Lankada qisman 
saqlanib qoladi.
146


Buddaviylikning ayrim ramzlari va buyumlari uning o'zidan an- 
cha qadimiyroq. Masalan, Siddhartha meditatsiyada o‘tirgan daraxt 
qadimgi daraxtiar kultiga mansub. G ‘ildirak quyoshning va podsho 
hokimiyatining qadimgi ramzlaridan - buddaviylik ta’limoti «Dxar- 
ma g‘ildiragining burilishi» deb nomlangan.
Asosiy ibodat markazi keliga o‘xshash sun’iy qo‘ng‘iroqsimon te- 
palik bo‘lib, uning tepasi zont bilan yopilgan. Unga namuna Hindis­
tonning ayrim rayonlarida uchraydi gan buddaviylikdan oldingi davr- 
larga oid qo‘ng‘iroqsimon tepaliklar bo‘ladi. Ularda uzoq o‘tmishda 
marhumlami o‘tirgan holda «yoga» tana holatida ko‘mishgan. Bud­
daviylik me'morchiligida eng keng tarqalgan usullardan biri dzong -
ulkan hajmdagi monastir qal’alardir. 0 ‘tmishda xavf tug‘iIsa atrofda- 
gi barcha aholi dzongda yashiringan.
Buddaviylik ibodatxonalari devorlariga ko‘plab yog‘ochdan 
nog‘oralar bo6 lib, ularga bitilgan diniy matnlar mahkamlab qotirilgan. 
Bu dildorlaming ibodatga kelganlarida ulami qo‘llari bilan aylantir- 
salar duolarni ko‘p martalab o ‘qiganliklarini anglatgan. Buddaviylik 
monastirlari siyosiy hayotda muhim o‘rin tutgan.
Hinduiylikka e’tiqod qiluvchilar singari buddaviylikda ham ma- 
yitlarni gulxanlarda yondirishadi. Muqaddas daryolar, ayniqsa, Bag- 
mati bo‘yida krematsiya faxrli hisoblanadi. Marhumning qarindosh- 
lari motam kiyimi oq rangli bo‘lib, marhumning o‘g‘illari soqollarini, 
mo‘ylovlarini olishadi.
Buddaviylik uchun ruhoniylaming ko‘pligi xosdir. Lam - ba’zi joy­
larda 
erkak aholining beshdan birini tashkil etadi. Bu faqat ma’naviy 
ehtiyojlarga bog‘liq bo‘lmay, qadimgi ijtimoiy institut - poliandriya 
(ko‘p erlilik) bilan ham izohlanadi. Bu hududda tarqalgan yirik oila­
larda 
katta o‘g‘il odatda o‘z xotinini ukalari bilan bo‘lishadi. Bunday 
jamoaviy nikohdan tug‘ilgan farzandlar umumiy hisoblanadi. Olim- 
laming fikricha, poliandriya qalin toiash odati tufayli shakllangan. 
Odatda kichik o'g'illar oiladan voz kechib ibodatxona va monastirlarga 
xizmatga ketishgan. Hozir ham to‘yda kuyov yonida uning ukasi yoki 
jiyani o‘tirib, agar kuyov vafot etsa, aynan shu shaxs uni almashtirgan.
147



Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin