boshlariga oid. Unda shoir va targ‘ibotchilar shahar maydonlari bozor-
larida oddiy xalq tilida o‘z va’zlarini aytganlar. Ular «Agar daryodagi
tahorat gunohlardan forig‘ etsa, eng muqaddas narsa - bu qurbaqalar-
dir», «Agar sochi olingan kalla insonni muqaddas qilsa, eng muqaddas,
Xudoga yaqin qo‘ylardir» singari qochiriqlami tez-tez takrorlaganlar.
Sikxlar kasta tuzumini va diniy tafovutlami inlcor etardilar.
Targ‘ibotchilardan sikx (o‘quvchi) ta'limoti asoschisi Nanak
(1469-1539) o‘zini guru (ustoz) deb e’lon qilgan. Nanak Bobuming
zamondoshi bo‘lgan. Nanakning vatani Panjob (hozirgi
Hindiston-
ning shimoliy-g‘arbi va zamonaviy Pokiston)da bo‘lgan. Panjobda
hindlar va musulmonlar yashaydigan viloyat aholisi dehqonchilik bi
lan shug‘ullangan. Nanak ta’limoti kasta tuzumini inkor etgan, shu-
ningdek, xudoning tasviri,
xudo sharafiga ibodat, rohiblik va qanday
bo‘lmasin udumlar taqiqlangan. Xudoga yaqin bo‘lish uchun uni
sevish yetarli. Ibodatxonalarga borish,
udumlarni bajarish, muqad
das joylami ziyorat qilish shart emas. 0 ‘z tarafdorlarini birlashtirish
uchun Nanak jamoa bilan birgalikda ziyofatlar o‘tkazgan. Hindlarda
boshqa kasta vakili huzurida yoki uning qo‘Iidan taom iste’mol qilish
qat’iyan man etilgan. Sikxlar jamoasidagi ziyofatlar hozirga qadar ular
ni tengligining ramzi bo‘lib kelmoqda. XVII
asrning boshida sikxlar
«Adi Grantx» - «Ilk kitob»ni tuzib, undan madhiyalami sikxlar hozirga
qadar o‘zlarining ibodatlarida kuylaydilar. Gobinda va’zlaridagi «Bar
cha vositalar tugagan bo‘lsa, qo‘lga qilich olmoqqa izn beriladi», «Bir
qo‘lingda kambag‘allar uchun taom, ikkinchisida zolimlarga qarshi
qilich bo‘lsin» kabi aforizmlar bugungi kunda ham ommalashgan.
Panjobda guru Gobinda Sing* (XVII-XVIII asrlar chegara-
sida) boshqargan davrdan sikxlar jamoasi
harbiy-teokratik tashkilot
tizimiga ega. Uning barcha a’zolari erkaklar, jangchilar hisoblanib,
dastlabki chaqirishdayoq yurishga. tayyor bo‘lishi kerak. Sikxlarda
erkaklar Ismiga «Singx» qo‘shirachasi qo‘yilib, u «sher»,
ayollarda
«xaur» qo‘shimchasi urg‘ochi sher ma’nosini anglatadi. Erkak sikx-
larning tashqi qiyofasi soch. va soqolning oldirilmasligi (uni alohida
ko‘rinishda turmaklashadj), o‘ziga xos salla o‘rab yurishi bilan xu-
140
susiyatlanadi. Sikxlar yonida doim xanjar bilan yurganlar. Ular 1799-
yili o‘z davlatlarini tuzganlar. Sikxlar davlati XIX asming 30-yiliar
oxirida inglizlarga qarshilik ko‘rsata boshlab,
Britaniya imperiyasi
oxir-oqibat ularning qarshiligini sindiradi.
Ingliz mustamlakachilari sikxlar jangari tashkilotidan Hindiston-
da o‘z hukmronliklari tayanchi sifatida foydalanishga intilib, ulardan,
musulmonlardan, Nepal guruhlaridan ingliz-hind qo‘sbinining alo
hida polklari tuzilgan. Bu sikxlar ongining yuksalishiga xizmat qilib,
1919-yili sikxlarning ilk siyosiy tashkilotlari tuziladi. Bizning kun-
larimizda sikxlarning yuqori toifalari Panjobni Hindi stondan ajratib
alohida mustaqil davlatga aylantirishga intilmoqdalar. Bu kurash fa-
natik tus olishini 1984-yili
Indira Gandi, 1991-yili Rajiv Gandining
o ‘ldirilishida ko‘rishimiz mumkin. Panjob umumhind iqtisodiga in-
tegratsiyalashgan sikxlar esa boshqa shtatlarda ham yashaydilar. Shu
sababdan sikxlar yetakchilarining mustaqillikka intilishi Hindiston
xalqlari va dunyo hamjamiyati tomonidan qoilanmayapti.
Dostları ilə paylaş: