Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Savol va topshiriqlar
1. 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston aholisining tarkibi va shakllanish 
tarixi haqida gapirib bering.
2. An’anaviy va zamonaviy dehqonchilik va chorvachilik 
xo‘jaliklarini qiyosiy tahlil etib bering.
3. 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari uy hunarmandchiligi ha­
qida nimalarni bilasiz?
4. 0 ‘rta Osiyodagi etnodemografik muammolar va jamoa tashki- 
lotlari haqida nimalarni bilasiz?
5. Qo‘rg‘onlar va uy-joylardagi an’analar hamda zamonaviy ja- 
rayonlami tahlil eting.
6. 0 ‘rta Osiyo aholisining kiyimlaridagi transformatsion jarayon­
lar qanday kechmoqda?
7. 0 ‘rta Osiyo aholisi din va madaniy meros durdonalari haqida 
gapirib bering.
130


9-BOB. JANUBIY OSIYO ETNOLOGIYASI
Janubiy Osiyoda afsonalarda eng ko‘p eslanadigan, G‘arb va 
Sharq xalqlari diqqatini o‘ziga qadim zamonlardan tortib keladigan 
mamlakat - Hindiston joylashgan. U dunyoga paxta, shakarqamish, 
ko‘plab ziravorlami, ayrim uy parrandalarini, shaxmat, matemati- 
kadagi o‘nlik tizimini, nol raqamini bergan.
Mil. avv. IV asrda Alek­
sandr Makedonskiyning isti- 
lolari tufayli Hindistonga el- 
lin madaniyati ta’siri boshla­
nadi. Hindistondan 0 ‘rtayer 
dengizi shimoliga fil suyagi, 
qimmatbaho toshlar, marjon, 
ziravorlar, yog‘ochning qat- 
tiq navlari, ekzotik hayvonlar 
va qushlar, muslin - «shamol tomonidan to‘qilgan mato» yetkazilgan. 
Hind zodagonlari saroylarida yunon san’ati buyumlari paydo bo‘ladi.
Hind madaniyati ta’siri Volter, Gyote, Nitsshe, Bayron, Tomas 
Mann va boshqalar ijodidan o'rin olgan. Yevropa olimlarining qa­
dimgi hind adabiyoti tili - sanskrit bilan tanishish ijtimoiy fanlarda 
inqilobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Sanskrit tilining yunon, lotin va 
boshqa yevropa tillari bilan qardosh ekanligining aniqlanishi yangi 
fan sohasi - qiyosiy tilshunoslikni vujudga keltiradi. Ushbu fan si- 
ganlar shimoliy hind etnik guruhlari bilan qardosh ekanligini ham 
ko‘rsatdi.
Hindiston geografik nomi butun Janubiy Osiyoni egallagan 
yarimorolni va Himolay tog‘lariga tutash hududlami anglatadi. Ush­
bu hududda Hindiston (1,3 mlrd. aholi), Pokiston (212 mln.), Nepal 

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin