Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Jamoa tashkilotlari. 
Jamoa munosabatlari notekis rivojlanishi- 
ning asosiy sabablaridan biri 0 ‘rta Osiyo xalqlarida moddiy ehti- 
yojlami qondirishning turli usullari mavjudligidadir. Dehqonlar ja- 
moalarida sinfiy munosabatlar jez davridayoq pay do bo‘lgan. Bu ja- 
rayon chorvadorlarga nisbatan dehqonlarda yaqqol ko‘ zga tashlanadi. 
Voha aholisi yerga nisbatan xususiy mulkchilikni bilishgan. Ayni pay­
tda cho‘l-dashtlarda yaylov, suv manbalari o‘sha joyda yashaydigan 
urug‘-qabilalamiki bo‘lgan. Dehqonlardagi sinfiy munosabatlaming 
murakkabligi yer egasining dalalami sug‘orish uchun zarur boMgan 
suvga munosabati belgilanmaganidan kelib chiqqan. Odatda, suv u 
yoki bu qishloqning barcha aholisiniki hisoblanadi, amalda esa aksari 
suvga boylar xo‘jayinli’k qilishgan. Shaharlarda sinfiy munosabatlar 
shahardagilarga nisbatan aniqroq ifodalangan. Umuman olganda, 
0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston aholisining ijtimoiy stratifikatsiyasi mu- 
rakkab ko‘rinishda ’oo‘lib, ko‘plab regional xususiyatlarga ega edi.
Davlat tuzuro.i. 
0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston Rossiya tomonidan 
istilo qUinganigfx qadar mahalliy jamiyatlaming ko‘plab arxaik xu­
susiyatlari bo‘igan. O ik a uchta xonlik - Buxoro, Xiva va Qo‘qon
122


xonliklari tomonidan bo‘lib olingan edi. Ushbu davlatlarda boshqa 
Sharq mamlakatlaridagi kabi barcha yerlar xon yoki amir mulki 
hisoblangan. Oliy hukmdor nafaqat dunyoviy, balki mamlakatda 
yashovchi barcha musulmonlarning diniy yetakchisi ham sanalgan. 
Boshqaruv m a’muriyati ko‘plab amaldorlardan tashkil topib, ularga 
faqat maosh berilibgina qolmasdan, qo‘shimcha oziq mahsulotlari bi­
lan ham siylangan.
0 ‘rta Osiyo jamiyatidagi asosiy birlik qo‘shnichilik jamoasi 
bo‘lgan. Dehqonchilik vohalarida jamoalar yer va suvning egasi 
hisoblangan. Jamoa ichida yer va suv oilalar orasida taqsimlangan. 
0 ‘lkada «Hosilni yer emas, suv yaratadi» degan naql bejizdan vu­
judga kelmagan. Odat bo‘yichajamoaning har bir a’zosi o £z yeri, suv- 
ga huquqini istagan odamiga sotishi mumkin bo£lgan. Lekin amalda 
sotib oluvchini jamoa a ’zolari istamasa, uning kelgusi hayotining os- 
oyishta kechishiga hech kim kafolat bermagan.
Shariat bo‘yicha jamoa yeridan tashqari mulk yerlari ham bo‘lib, 
u dahlsiz sanalgan. Vohalarda ekin maydonlarining bir qismi vaqf si­
fatida diniy muassasalarga tegishli bo‘lgan. Vaqf yerlari ham dahlsiz 
bo‘lgan.
Chorvadorlar jamiyati qabilaviy asosga tayangan. К о‘chmanchi ja ­
moa asosiy bo‘g‘in bo‘lgan. U bir necha qarindosh oilalami birlashtir- 
gan. Jamoalar qabila urug‘lariga birlashgan. Yaylov, suv manbalari 
qabilaga tegishli bo‘lgan. Qabilalar muntazam, muhim ijtimoiy birlik 
bo‘lmasdan, vaqt davomida ularda o‘zgarishlar bo‘lib turgan. Katta 
va kuchli qabilalar siyosiy yoki tabiiy ofatlar (masalan, qurg£oqchilik, 
molga o‘lat tegishi) tufayli kamsonli va zaif bo£ lib qolsa, zaiflar, ak- 
sincha, ijobiy omillar ta’sirida kuchayishi hollari kuzatilgan.
Qozoqlar va qirg‘izlar chorvachilik jamiyatlarida aholini oq- 
suyaklar va qorasuyaklarga bo£lish mavjud edi. Birinchisiga xon, 
sultonlar, xo‘jalar, sayidlar kirsa, ikkinchisiga barcha chorvador aholi 
taalluqli bo‘lgan. Turkmanlarda zodagonlar iglar, avom aholi qul deb 
atalgan. XX asr davomida sho‘rolar davridagi qonunlar barchani teng 
deb e’lon qilishi ijtimoiy tengsizlikka barham berib, bu odatlar faqat 
oila-nikoh munosabatlaridagina saqlanib qolgan.
123


Bugungi kunda barcha O 'ria Osiyo davlatlari prezidentlik res- 
publikaiaridir. Ulardan ayrimlari Rossiya bilan MDH va Yevrosiyo 
hamkorligi doirasida yaqin munosabatda b o isa , qolganlari betaraflik 
siyosatini olib bormoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin