Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Moddiy madaniyat: an’analar va transformatsiyalar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

3.4. Moddiy madaniyat: an’analar va transformatsiyalar
Qo‘rg‘onlar va uy-joylar. 
0 ‘rta Osiyo xalqlari moddiy madani- 
yatida etnik o‘ziga xoslikka nisbatan xo‘jalik faoliyati va regional 
xususiyatlar ko‘proq ta’sir etgan. Bu holat qo‘rg‘onlar va uy-joy- 
larda ayniqsa yaxshi kuzatiladi. Qo‘rg"onlar jez davridanoq shahar 
va qishloq turlariga boiingan. Shaharlar ko‘pdan buyon mustaqil 
qo‘rg‘onlar toifasiga kirsa-da, shaharliklar qishloq xo‘jaligidan bu- 
tunlay ajralmaganlar.
0 ‘rta Osiyo va Qozog‘istonda XX asrda aholining tez ko‘payishi 
ulami turli ko‘rinishdagi qo‘rg‘onlarga joylashtirishga majbur etdi. 
Yozma hujjatlardan m aium ki, bundan 150-200 yil avval oikaning 
qadimgi shaharlari hududida ko‘plab mevali daraxtlar, polizlar va 
kichik-kichik dalalar boigan. Ko‘plab shaharlaming markazida 
qal’alar qurilib, ularda hukmdor yoki viloyat hokimlari saroylari 
joylashgan. Qal’a yaqinida bozor, jome masjidi va boshqa ma’muriy 
binolar joylashgan. Aholi soni oshishi bilan shaharlardagi qurilishlar 
zichlasha boradi. XX asming o‘rtalarida ko‘pchilik 0 ‘rta Osiyo sha­
harlari o ‘z bogiaridan ajraladi. Shaharlaming yangi «rus» qismida- 
gina yashil zonalar, istirohat b o giari saqlangan. Bu Buxoro, Xo'jand 
va boshqa shaharlar misolida o‘z tasdigini topadi.
Qishloq qo‘rg‘onlarida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ular­
ning hajmi, rejasi ilgaridan mahalliy tabiiy iqlim sharoiti, xo‘jalik 
faoliyati, suv bilan ta’minlangani: daryo, soy, quduqlaming mavjudli- 
gi bilan belgilangan. Xorazm vohasida suv manbalari yoqasida bir- 
biridan uzoqroqda uylar qurish odat boigan.
0 ‘rta Osiyoning ko‘pchilik viloyatlarida shaharlar va qishloqlar 
mahalla, mavzelarga boiinadi. Ulardagi aholi shaharlarda m aium kasb
124


egalari bo‘lsa, qishloqlarda ma’lum urug‘ vakillari bo‘lishgan. XIX asr 
oxiri - XX asr boshlarida mahalla qo‘shnichilik jamoasi sifatida: jamoa 
ishlari, suv taqsimoti tashkilotchisi va nazoratchisi bo'lgan. Qishloq, 
qo‘rg‘onlaming kengayishi aholi sonining ko‘payib borishi bilan izoh- 
lanadi. Ulaming atroflari o‘zlashtirilib, yangi turar joylar quriladi. Yangi 
kanal, ariqlar bunyod etilib, yangidan yangi mahallalar tashkil qilinadi. 
Bugungi kunda Farg‘ona vodiysida, xususan, Namangan viloyatining 
Olmos, Varduk qishloqlarida 18-20 mingdan ortiq aholi yashaydi.
0 ‘rta Osiyo vohalarining mehnatkash aholisi har qanday vaziyat- 
dan chiqish yo‘lini topishga intiladi. Farg‘ona vodiysida aholi kichik 
korxonalar, artellar tuzib kiyim-kechak, paypoq, Rishton singari so- 
pol idishlar, laganlar, choynak-piyolalar ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘ymoqdalar. Kichik biznes va tadbirkorlik hozirda 70 % mehnatda 
bandlikni ta’minlamoqda. So‘nggi yillarda 0 ‘zbekistonda bog‘lar 
yaratish, meva va sabzavotlami qayta ishlash, mahsulotlami xorijga 
chiqarishga katta e ’tibor qaratilmoqda.
Tog‘larda qishloqlar nisbatan yirik bo‘lmasa-da, ularda ham bir 
necha ming aholi istiqomat qiladi. Tog‘li qishloqlarda yer yetishmas- 
ligi ayniqsa seziladi. Bizning kunlarimizda tog‘li vohalarda bo‘sh 
yeming o‘zi qolmaganidan aholi vohalarga ko‘chib tushishga majbur 
bo‘lmoqda. Tog‘liklar shaharlarga ham kelmoqdalar.
0 ‘rta Osiyo va Qozog‘istonning cho‘l-dasht zonalarida ilgari doi- 
miy turar joylar bo‘lmagan. Lekin har yili bir yo‘ldan o‘tilishi ushbu 
yo‘nalishlar bo‘yicha asta-sekinunchalik katta bo‘lmagan qo‘rg‘onlar 
paydo bo‘lgan. Ulaming dastlabkilari XX asming 50-yillarida vujud­
ga kelgan. Qishlovlar quduqlar tevaragida paydo bo‘lgan. Sovet ho- 
kimiyati davrida chorvachilik rayonlaridan chiqqan migrantlar aksari 
shaharlarda j oy lashgan.
0 ‘rta Osiyoda uy-joylaming ikki turi: o‘troq dehqonlarda loy- 
dan uy-joylar, ko‘chma chorvadorlarda - kigiz yopiladigan yig‘ma 
o‘tovlar tarqalgan.
Qishloqlarda uylar xom g‘isht, guvala va paxsadan tiklangan. 
Tog‘li tumanlarda uy laming devorini qurish uchun toshdan ham
125


foydalanilgan. Ayrim viloyatlarda, xususan, Farg‘ona vodiysida 
yog'ochlardan sinchli uylar qurilib, bu xildagi turar joylar zilzilaga 
chidamli bo‘ladi.
Uy-joylarning tarhi (rejasi) so‘nggi bir asrda katta o‘zgarishlarga 
uchradi. Agar XX asming boshlarida ham uylar bir xona, oshxona va 
ayvondan iborat bo4 Isa, bundan 60-70 yillar avval uylaming hajmi, 
xonalari ko'payib bordi. Deyarli barcha uylarda alohida mehmonx- 
ona qurila boshlandi. Ilgari mehmonxonalar shaharliklarda, qishloq 
boylarida boigan, xolos. Bizning kunlarimizda o‘lkadagi qishloq uy­
lari 3-4 xonali qilib: yotoqxona, mehmonxona, qishki oshxona, ay­
rim oilalarda bolalar xonasi qurilmoqda. Uyning oldida ayvon quri­
lib, oynavand bu xonada oila yozning iliq kunlarini o‘tkazadi. Uy yu- 
mushlarini ko'pincha ayvonda bajarishadi. Shahar uylari qishloqniki- 
dan, hajmining kattaligi va ichki-tashqi dekor (bezaklari)ning boyligi 
bilan farqlanadi. Xususan, Tojikiston shimolida uylar naqshlar, ganch 
o'ymakorligi elementlari bilan bezatiladi. Boy oilalarda uy ichkari va 
tashqariga boiinadi. Uy-joylar shahar va vohadagi qishloqlarda ba­
land de,\ or bilan o‘rab olingan. XXI asming boshlaridan Toshkentda 
hovlilar qurilishidagi transformatsion jarayonlar kuchayib hovliga 
kirish yevropacha, hovli atrofi baland devorlarsiz, cho‘yandan yasal- 
gan panjaralar bilan o‘ralmoqda.
Hozirda faqat cho‘ponlar qo'llaydigan o‘tovlar mo‘g‘ul va turk- 
cha ko‘chma uylardan iborat. Bu borada turkmanlar o'tovlari gilam- 
lar (unin% ko‘rinishi yumaloq) va bezaklarining boyligi bilan ajralib 
turadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin