Rossiya istilosiga qadar 0 ‘rta Osiyoda asosiy
ekinlar - boshoqli
bug‘doy, arpa, suli, makka va hokazolar bo‘lib, natural xo‘jalik sha-
roitida, eng avvalo, oilani asosiy oziq - non bilan ta’minlash zarur
edi. Paxta yakkahokimligi sovet tuzumi davrida shakllanib, bu borada
o ‘zbek xalqi ayniqsa qattiq aziyat chekdi. 0 ‘zbekistonda 1 mln. tonna
atrofida tola yetishtirilmoqda.
XX
asming boshlariga qadar qishloq xo‘jalik mehnat qurollari
sodda va unumdorligi past bo‘lgan. Masalan, omoch bilan yemi hay-
dash uchun bo‘yiga va ko‘ndalangiga bir necha marta yurilib, so‘ng
borona, mola bosilgan. Qo‘shga, molaga ho‘kiz, ot, eshak,
ayrim
joylarda tuyalami qo‘shishgan. Don qo‘l bilan sepilib, hosil o‘roqlar
bilan o‘rilgan. Sug‘orma dehqonchilikda kanallar va ariqlar qurish,
ularni ta’mirlash va tozalash, dalalami sho‘rdan yuvish,
ikki-uch
marta omochlash, sug‘orishda lalmi dehqonchilikdagi mehnatdan olti
marta ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri keigan.
Ko‘chma chorvachilik.
0 ‘rta Osiyodagi ikkinchi xo'jalik
faoliyati turi asr boshlariga qadar ko‘chma chorvachilik boigan. U
xo‘jalik sohasi sifatida choi-dasht zonalarida shakllangan. Ko‘chma
chorvachilik bilan qozoqlar, qirgizlar, o‘zbek va turkmanlarning
bir qismi ulkan cho‘1, dasht va togiarda shug‘ullanganlar.
Ulardan
ko‘chmanchi chorvachilikda mavsumiy yaylovlar bo‘ylab ko‘chib
yurish, butun yil davomida faqat yaylovdagi o‘t-oianlar bilan mol-
larni boqish nazarda tutiladi.
0 ‘rta Osiyo va Qozog‘istonda chorvachilikning uch turi: meridi-
anal, vertikal va statsionar chorvachiliklar boigan. Chorvachilikning
turi jamoalardagi ijtimoiy omillar (xo‘jaIikdagi
chorva soni, tabiiy-
geografik sharoitlar) bilan belgilangan. Yashash sharoiti ba’zida
ko‘chma chorvachilik turini belgilovchi asosiy vosita boigan. Ush
bu nuqtayi nazardan ko‘chma chorvachilikni turlarga b o iish shartli
ravishda boigan. Aksari tabiiy omillar ta’sirida chorvadorlar molni
boqish tizimiga talay o‘zgarishlar kiritishlari mumkin.
Dala tad-
qiqotlari paytida axborotchilardan Xo‘jamqul Joiiyev 1917-yildagi
qurg‘oqchilik paytida otning jonini saqlab qolish uchun ajriqning
tomirini kavlab berganlarini eslagan edilar.
118
Chorvadorlaming qishki manzillari ular harakatlanadigan hudud-
larning eng janubida bo‘lgan. Bahor kelishi bilan chorvadorlar molla-
rini shimol tomonga yaylovlarning o‘t-o‘lanlari o'sishiga qarab hay-
daganlar. Yozni eng shimoldagi o‘tloqlarda o‘tkazganlar. Kuz yaqin-
'lashishi bilan janubga yuzlanganlar. Chorvadorlar uchun eng qadrli
manzil mollami eson-omon sovuqdan
asrab qolishi zarur boMgan
qishlovlar edi. Ko‘chish yo‘nalishi suv manbalari joylashishiga qarab
aniqlangan. Eng uzun masofaga qozoqlar ko‘chganlar. Ular qishni ja-
nubda o‘tkazib, bahorda qo‘zilatish kampaniyasi tugagandan so‘ng
shimol tomonga siljiganlar. Mollaming turi - ot, qo‘y, tuyalar soni
ko‘p asrlik tajriba asosida belgilangan. Qishda yer muzlaganida yay-
lovlarga dastlab otlar qo‘yilgan. Ular muzni maydalaganlaridan so‘ng
qo‘ylar haydalgan. Odatda, bitta ot tuyog‘i bilan ochgan maydon ol-
tita qo‘yga yemish bergan.
Vertikal ko‘chma chorvachilik tog‘li hududlarda qo‘llanilgan.
Qishni chorvadorlar sovuq shamollardan panada, chorva yemish topa
oladigan tog‘ vodiylarida o‘tkazganlar. Kunlar isishi bilan chorva
dorlar alp o‘tloqlariga ko‘tarilib, o‘sha yerlarda yozni o‘tkazadilar.
Sovuq tushishi bilan mollar vodiylardagi
qishlovlarga haydab tush-
iriladi. Tog‘li Pomir aholisi ushbu chorvachilik turini qo‘toslami bo-
qishda qo‘llashadi. Tog‘da odatda tuyalar boqilmaydi.
Statsionar chorvachilik eng qurg‘oqchil rayonlar - Turkmaniston,
0 ‘zbekistonning janubida, Mang‘ishloq yarimorolida qo‘llaniladi.
Ushbu chor\ achilik turida mollar eng kam harakatlanadi. Qishni chor-
vador qumliklar yoki tog‘ vodiylarida yerda qor turmaydigan, chorva
yemish topa oladigan joylarda saqlanadi. Yozda chorvani qishlovdan
bir kunlik masofada boqib 1-2 kunda sug‘orish
uchun haydab kel-
ishgan. Turkman chorvadorlarining faxri va alohida munosabati yilq-
ilarga qaratilgan. Axaltaka yilqilari eng mashhur ot zotlaridan biridir.
Yana bir ot zoti - yomud axaltakaga nisbatan kam tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: