Etnodemografik muammolar.
O'lkaning xo‘jalik sohasidagi
bir xilligi, hayotda ham o'xshash muammolami tug‘diradi. Bu, eng
avvalo, aholi sonida kuzatiladi. Rossiya istilosidan so‘ng o ‘zaro
urushlarga barham berilishi, o‘lkaning bozor
iqtisodiyotiga tortilishi
xo‘jalik faoliyatini jonlantirib, ocharchilik va epidemiyalar sonining
kamayishi aholi sonining asta-sekin ko‘payib borishiga olib keladi.
Sovetlar tuzumi davrida turli yuqumli
kasalliklar epidemiyalariga
qarshi kurash, shaharlarda toza ichimlik suvi, kanalizatsiyalaming
o‘tkazilishi, tibbiy xizmatning yaxshilanishi
XX asming ikkinchi
yarmidan 0 ‘rta Osiyo respublikalarida «demografik portlash»ga olib
keldi. Bugungi kunda Tojikiston va 0 ‘zbekistonda yosh avlod va-
killarining ko‘p bo‘lishi, mehnat resurslarining
cheklanganligi yangi
muammolarni vujudga keltirmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarning
yetishmasligi, suv zaxiralarining kamayishi
ham yaqin kelajakda
yechimini kutayotgan keskin muammolardan biridir.
Dostları ilə paylaş: