matodan, ayollarnikini gulli matodan tikishgan.
Bichimda milliy va
mintaqaviy o‘ziga xosliklar ham uchragan.
Ustki kiyim oikaning barcha hududlarida oldi ochiq, uzun yengli
bo‘lgan. Choponlarning matosi va rangi etnik emas,
viloyatlar ke-
simida farqlangan. Xususan, Farg‘ona vodiysi, Xo‘jand, Qashqadaryo
va Surxondaryo viloyatlari aholisi to ‘nlari bugungi kunda ham bir-
biridan ajralib turadi. Dehqonchilik hududlarida paxta solib qavilgan
choponlar, chorvadorlarda jun matolardan tikilgan to‘nlar
kengroq
tarqalgan. Yilning sovuq mavsumida erkaklar qo‘y terisidan po‘stin
(aksari chorvadorlar) kiyishgan.
XX asrning 30-yillariga qadar milliy va regional farqlanadigan
buyumlardan biri bosh kiyimi bo‘lgan.
Turkmanlami katta telpak-
laridan, qozoq va qirg‘izlami kigizdan tikilgan qalpoqlaridan tanish
mumkin edi. 0 ‘zbeklar va tojiklar do‘ppilari ham naqshi bilan farq
langan. XX asrning o‘rtalarida matosi qora naqshi oq ipaklarda tikil
gan, qushning stilizatsiyalashgan tasviri tushirilgan Chust do‘ppilari
keng tarqalib, Chust fabrikasida tikilgan do‘ppilami sobiq Ittifoqning
har qanday shahridagi do‘konlardan olish mumkin edi.
Ayollar kiyimi ko‘proq an’anaviy xususiyatga ega boisa-da, ular
ning bichimida yevropacha elementlar uchraydi. Xotin-qizlaming ki-
yimlaridagi zamonaviy yevropacha xususiyatlar shaharlarda ko‘proq
uchraydi. Kiyimlar ichida yosh, to‘y va ta’ziya bilan bog‘liqlarida
an’anaviylik nisbatan yaxshi saqlangan.
Ayollaming bayram kiyim-
larida zeb-ziynat buyumlarining o‘rni ham muhim. Taqinchoqlar ku-
mushdar
tayyorlanib, o‘z ko‘rinishida arxaik elementlami saqlagan.
Zeb-ziynatlarda milliy xususiyatlar, ularning majmuyida kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: