9.3. Himolayoldi hududlaridagi madaniyatlarning
o‘zaro ta’siri. Irqlar
Tillar, tabiati.
Hindiston yarimorolining shimoliy-sharqida Janu
biy Osiyo, Sharqiy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo tarixiy-madaniy
viloyatlari to‘qnashgan hududlarda faqat janubiy yevropeoidlar emas,
mongoloid irqiga mansub aholi ham yashaydi. Gap Nepal qirolligi va
Butan aholisi haqida ketib, ular tibet-birma til oilasining qator (ladak-
xi, bxoti, nevari) tiJlarida so‘zlashadilar. Mongoloidlar Bangladesh Re-
spublikasida, Hindistonning shimoliy-sharqiy shtati - Assamda ham
bo'lib, ulardagi aholi tibet-birma va mon-kxmer (kxasi) tillariga man
sub. Ular qatorida ushbu hududlaming tekislik qismida assamliklar va
bengallar istiqomat qilib, ularda yevropeoidlik xususiyatlari hukmron.
Ko‘rsatilgan hududlarning tog‘ relyefi mahalliy aholining rang-
barangligi, ba’zida qo’shni vohalar aholisining tili, xo‘jalik-madaniy
tiplarining bir-biridan farqlanishiga olib keladi. Toqqa ko‘tarilgan sari
sun’iy terrasalarda dehqonchilik (sholi, no‘xat, makkajo‘xori) chor-
vachilikka o‘z o‘rnini bo‘shatadi. Voha qishloq aholisining an’anaviy
kiyimlari dxoti (erkaklar kiyimi) va sari (ayollaming o‘rama kiyimi)
o‘mida jundan kiyimlar va etik, hinduiylik dini o‘mida buddaviylik
keng tarqalgani xususiyatlidir. Shimoliy togTi vohalar erli ayollari pe-
shanalariga tika qo‘ymaydilar, Hindistonning voha ayollaridan farqli
isochlari o‘rtasini o‘simlik bo‘yog‘i bilan bo‘yamaydilar, ayni paytda
burunlariga katta tilla uzuk taqib, qo‘l va oyoqlarini tatuirovka qiladi-
lar. Qachonlardir vohalarni egallagan to g ii aholi, jamoa urug‘chilikka
asoslangan turmush tarzini saqlab, kasta tizimi va hinduiylikni qa-
■
bul qilmasdan, qadimgi dinlari va buddaviylikka sig‘inishsa, ma’lum
qismi xristianlik diniga o ‘tgan. Ular qadim zamonlardan daraxtlami
kesib, kundakov qilib shox-shabbalarini yondirib dehqonchilik qili-
shadi. Natijada ilk tropik o‘rmonlar deyarli yo‘qotilib, o‘mida butun
dunyoga mashhur choy plantatsiyalari yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: