Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


9.5. Yangi davr - yangi tamoyiilar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

150


9.5. Yangi davr - yangi tamoyiilar
Iqtisodiyot va etnik guruhlar. 
Zamonaviy Hindistonda mil­
liy madaniyatlar insoniyatning baynalmilal madaniyati bilan cha- 
tishib ketmoqda. Hindiston va u bilan qo'shni mamlakatlar savdo va 
sanoati XX asr boshlariga qadar juda sekin yuksalgan. Xususiyatlisi, 
ushbu xo‘jalik sohalarida jamiyatning asrlar davomida merosiy kasb 
bo‘lib keigan qatlamlari mashg‘ul boiadi. Jumladan, Ahmadobod 
to‘qimachilik sanoatining yangi markazi Boburiylar davrida ham va 
hatto undan ham avval hunarmandchilik va savdo markazi boigan. 
Gujarotlar orasida qadim paytlardan ko‘plab savdogarlar, hunarmand- 
lar, dengizchilar boigan. Ulardan bugungi kunda ko‘plab sanoat va 
savdoning taniqli rahbarlari yetishib chiqqan. Marvarilar (rajputan- 
lar) ichki savdo va moliyani nazorat qilganlar. Ular bugungi kunda 
ham yirik pul kapitali vakillari b o iib , ayni paytda sanoat bilan ham 
shug‘ullanmoqdalar. Sikxlarda ham eski savdo an’analari b oiib, o ‘z 
markazlari, shaharlar yoki Haydaroboddan faoliyatlarini Old Osiyo 
va boshqa mamlakatlarga yoymoqdalar. Kalkutta ingiiz kapitali va 
sanoatining yirik markazi b o iib qolmoqda, lekin so‘nggi paytlarda 
inglizlarga marvari va gujarotlar raqobatchilik qilishmoqda. Mumbay 
(Bombey) hindlarga mansub sanoat, savdo, bank ishi, sug‘urta va ho- 
kazo faoliyat turlari markazi hisoblanadi. Bu ishlarda forslar yetakchi, 
gujarot, maratxalar ular qatorida. Maratxalar tibbiyot, advokatura, 
ilm-fanda muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Ulardan yaxshi harbiy- 
lar, to‘qimachilik sanoati ishchilari yetishib chiqmoqda. Panjobliklar 
mayda savdoda va hunarmandchilik sanoatida faol qatnashmoqdalar. 
Hindistonning sanoati Birinchi jahon urushi davrida ingliz tovarlari 
oqimi to‘xtaganida rivojlana boshlaydi.
Mustaqillikka erishganidan so‘ng (1947) mamlakat ijtimoiy-iq­
tisodiy sohada sezilarli taraqqiyotga erishdi. Hindiston iqtisodiyoti- 
ning bosh sohasi qishloq xo‘jaligi 65% aholisining hayotini ta'minlab, 
eksportning ham asosiy qismini tashkil etadi. Dehqonlar hall hanuz 
barchadala ishlarini q o id a bajarishadi. XX asming ikkinchi yarmidan
151


mamlakatda industrializatsiya sodir etildi. Uning bosh maqsadi ishlab 
chiqarishni yuksaltirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
oshirish, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish, xorijiy kapi- 
talni kirituvchilar bilan aloqalarni yuksaltirish, yangi texnologiyalar- 
ni kiritish bo‘ldi. Hindistonning yirik savdo hamkorlari AQSH, Ya- 
poniya, Yevropa hamjamiyati hisoblanadi. Xorijga eksportning asosiy 
mahsulotlari to‘qimachilik, kompyuterlar uchun dasturiy ta’minot, 
farmatsevtika mahsulotlari va hokazolardir.
Hindiston 1974-yili birinchi, 1998-yili ikkinchi yadro sinovini 
o‘tkazdi. Yadro quwati mamlakatga elektr quvvatini bermoqda. Ushbu 
hududda Pokiston ham yadro quroliga ega. Bu ikki mamlakat orasida 
uzoq davrlardan buyon Kashmir masalasida mojaro davom etmoqda.
Industrlashtirish yirik millatlarning shakllanishi borasidagi jara- 
yonlarni tezlashtirdi. Bunga javoban mamlakat ma’muriy bo’linishini 
qaytadan ko‘rib chiqish talab etildi. Ilgarigi o‘ta mayda bo‘linish 
(mustamlaka paytida Hindistonda 600 dan ortiq knyazliklar bo‘lgan), 
may don, aholisi orasidagi keskin tafovutli ma’muriy birliklar, lingvis- 
tik tizim asosidagi hind etnoslari joylashishiga nisbatan mos keladi - 
gan shtatlarga almashtirildi. Ularni barpo etishda mahalliy yetakchi- 
lar, yirik milliy partiyalar katta rol o‘ynadilar. Ular qatorida Assam 
Xalq Kengashi, Kerala Kongressi, Jamnu va Kashmir milliy konfe­
deratsiyasi va hokazolar bor. Hozirgi kunda shtat tili asosidagi: «ben- 
gallik», «assamlik», «gujarotlik» tushunchalari tarqalib bormoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin