O’zbekiston respublikasi
oliy TA’LIM va INNOVATSIYALAR vazirligi
mirzo ulug’bek nomidagi
O’zbekiston milliy universiteti JIZZAX FILIALI
IQTISODIYOT FAKULTETI
sirtqi bakalavriat
TARMOQ IQTISODIYOTI fanidan
“SANOAT IQTISODIYOTI FANIGA KIRISH”
mavzusida bajargan
1-NAZORAT ISHI
Bajardi: Otaboyev O
Qabul qildi:
Reja:
1. “Sanoat iqtisodiyot”fanining ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi
2. “Sanoat iqtisodiyot”fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi
3. “Sanoatiqtisodiyot” fanning o’rganish metodologiyasi va usullari
1. “Sanoat iqtisodiyot”fanining ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi
Har qanday fan o’zining o’rganish ob’ektiga ega bo’ladi. Shunday ob’ektning
bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muxim shartidir. “Industrial iqtisodiyot”fani ham o’z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, O’zbekiston sanoati hisoblanadi. SHu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug’iladi.
Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borliq)ning intiqosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo’lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog’liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum mikdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo’lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo’lgan.
O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati ("Ona qornidagi sanoat"), so’ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kalgan. Bu yerda: hunarmandchilikning juda ko’p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, o’ymakorlik, kashtado’zlik, ko’nchilik, tuquvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo’zlik, bo’yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.Xunarmandchilik ("xonaki sanoat") bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hududida anchagina xunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX—X asrlarda ip, mato, gilam bo’yicha Xiva va SHosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo’yicha Farg’ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo’yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII—XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan xunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan.
XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ro’y bergan sanoat to’ntarilishidan keyin O’zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o’tish boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.
XIX asr oxiriga kelib,O’zbekistonda xunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivojlangan. XX asr boshlarida esa xunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
XX asrda O’zbekiston sanoatida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o’simlik moyi, uzum vinosi, g’isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko’tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to’g’risida so’z yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni himoya qilish, mustahkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O’zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamokda. O’zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmokda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko’tarishda faol ishtirok etayotir.
O’zbekiston respublikasi ishchilari kiyofasida ham barcha rivojlangan
mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkash va insonlar munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg’or kurashchi hislatlari bir butun bo’lib mujassamlashgan.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o’sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. O’zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko’nikmasi, ishlab chiqarish malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy
saviyasini yuqori darajaga ko’tarish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarda xamsanoatning yuqori urin tutishini ko’rish mumkin.
Sanoat — mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo’shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim soxadir. O’zbekiston davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo’jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o’z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Sanoat, ayniqsa, og’ir sanoat — butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustrlashtirish muammolarini hal etish kalitidir. SHu sababli jamiyatning moddiy-texnika asosini qaytadan qurish ishini o’zbek halqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan, uning eng muhim soxalarini rivojlantirishdan boshladi. CHunki bu soxalar O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy qudrati, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevorihisoblanar edi, bundankeyin hamshunday bo’lib qolaveradi. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi — kontsentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg’unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg’or usullari—ihtisoslashtirish, kooperativlashtirish va mahalliylashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch — raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko’tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko’tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning yetakchi o’rnini yanada oshirmokda. Islohotlarning asosiy yo’nalishlari va ularning yechimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmokda va yaxshi samara bermokda.
Dostları ilə paylaş: |