Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Etnoslararo mojarolar. 
Janubiy Osiyo mamlakatlari polietnosli
ulaming siyosiy hayotida hokimiyatni va turli ijtimoiy imkoniyatlami 
alohida etnoslarga taqsimlashdan iborat. Milliy siyosat umummam- 
lakat miqyosida mojarolarsiz ijtimoiy-siyosiy integratsiyani ta’minlab 
bera olmadi.
Bu borada Shri Lankadagi singal-tamil mojarosini ko‘rsatish 
joiz. Bu mamlakat aholisining % qismi singallar, tamillar 20% atro- 
fida, mavr va maliylar 7%, byurgerlar (gollandlar avlodlari) - 0,3%. 
Millatlararo mojaro 1950-yillarda - mustaqillikka erishilganligining 
dastlabki davrida boshlansa-da, uning ildizlari uzoq o‘tmishga ketadi.
Etnosning o‘z-o‘zini anglashida aksari din muhim o‘rin tutadi. 
Shri Lankada milliy jamoalaming qarama-qarshiligiga etnik va kon- 
fessional mansublik asos boimoqda. Singallaming 95% buddaviylar, 
tamillarning 90% hinduiylikka e’tiqod qilishadi.
Mamlakatda hokimiyatga millatchilik mhidagi singal yetakchi- 
larining kelishi va singallashtirish siyosatini boshlashi, singallarga 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda afzal sharoitlarni yaratish mo-
153


jaroning kuchayishiga olib keldi. Singal tili yagona davlat tili deb 
e ’lon qilinib, davlat xizmatiga kirish uchun uni bilish majburiy etib 
qo‘yilib, tamillami ma’muriy sohadagi ishlardan chetlata boshlanadi.
Shri Lankadagi mojaroni bartaraf etish uchun Hindiston 1985-yil- 
dan vositachi bo iib , 1987-yili kelishuvga erishadi. Lekin keyinchalik 
tamillaming «Tamil-Ilamni ozod etish yoibarslari» tashkiloti o‘nlab 
yillar davomida singallarga qarshi qurolli kurash olib bordi.
Diniy mojarolar ham etnik tus olishi mumkin. Shimoliy Hindis- 
tondagi Panjob shtatida yashayotgan sikxlar muammosi aynan etno- 
konfessional xususiyatga ega. Ayni paytda konfessional tafovutlarga 
iqtisodiy masalalar ham qo‘shilgan. Hindiston mustaqillikka erish- 
gach sikxlar shaharlarda tadbirkorlik faoliyatlarini olib borishlarida 
qattiq raqobatga uchramoqdalar.
Sikxlar yetakchilari panjob tilli lingvistik shtat tuzish uchun kurash 
boshlaydilar. Panjob 1960-yili ikki tilli shtat deb e’lon qilindi. Lekin 
bu sikxlar rahbarlarini qoniqtirmadi. Hukumat 1966-yili sikx aholili 
hududlami Panjob, hindlar yashaydigan hududlarda Xaryana shtatini 
tuzdilar. Sikxlar bunga ham qoniqmasdan XX asming 80-yillarida 
Xoliston nomli sikx davlatini tuzish harakatini boshladilar. Marka­
ziy hukumatga qo‘yilgan talablar: iqtisodiy, hududiy va diniy-ramziy 
masalalarga tegishli edi. Sikxlami alohida millat deb tan olib, ularga 
keng avtonomiya berish talab qilindi.
Ekstremistik harakatlar kuchaya bordi. 80-yillaming o‘rtalaridan 
har ikki tomon kuch ishlatishga o‘tdi. Markaziy hukumat sikxlarga nis­
batan qator harbiy choralami qoiladi. Amritsardagi sikxlaming «Ol­
tin ibodatxona»sini ekstremistlardan tozalashda ko‘plab sikxlar halok 
boiadi. Sikxlar bunga javoban Indira Gandiga suiqasd uyushtiradilar.
Panjobning Hindistondan ajralishi deyarli mumkin emas. Sikx 
yetakchilarining o‘z siyosiy maqsadlariga terror va harbiy harakatlar 
orqali erishish maqsadlari Hindiston ahli tomonidan qoilanmaydi. 
Qolaversa, sikxlaming talay qismi Panjobdan boshqa shtatlarda ya­
shaydi. Shuning uchun toza sikxlardan iborat Xoliston davlatini tuz­
ish shiori xalqaro tashkilotlar tomonidan ham quwatlanmayapti.
154


1. Janubiy Osiyoning qadimgi avstraloid aholisi haqida nimalarni 
bilasiz?
2. Hind-oriylar kim? Ulaming ijtimoiy hayotining xususiyatlarini 
so'zlab bering.
3. Janubiy Osiyoda musulmonlar va sikxlaming shakllanishi qan­
day kechgan?
4. Hinduiylik haqida qo‘shimcha ma’lumotlar topib mustaqil ish 
tayyorlang.
5. Hindiston yarimorolidagi irqlar, tillar va xo‘jalikdagi xususiyat- 
lar nimalardan iborat?
6. Himolayoldi hududlarda o ‘zaro madaniy aloqalar: irqlar, tillar, 
tabiati qanday o‘ziga xosliklarga ega?
7. Janubiy osiyoliklar oilaviy hayotining xususiyatlari nimalarda 
namoyon bo‘ladi?
8. Hindiston yarimoroli yevropaliklar mustamlakasi davrida qan­
day ko‘rinish olgan?
9. «Yangi davr - yangi tamoyillar» tushunchasini izohlab bering.
10. Janubiy Osiyodagi etnik mojarolar haqida nimalami bilasiz?

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin